Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sergeli tumanida avtobus haydovchisi ikki avtobus orasida qolib ketib hayotdan ko‘z yumdi
Qayd etilishicha, baxtsiz hodisaga haydovchining ehtiyotsizligi sabab bo‘lgan.
Sergeli tumanida avtobus haydovchisi baxtsiz hodisa oqibatida vafot etdi. Bu haqda «Toshshahartransxizmat» AJ axborot xizmati xabar qildi.
Xabarga ko‘ra, 20 dekabr kuni soat 16:56 larda “1-avtobus saroyi” filiali tasarrufida bo‘lgan “YuTONG” rusumli avtobus haydovchisi I.A Sergeli tumanidagi temir yo‘l kesishmasida poyezd o‘tayotganligi sababli avtobusni to‘xtatib turgan.
Shu vaqtda uning orqasida to‘xtab turgan “12-avtobus saroyi” filialiga tegishli yana bir “YuTONG” rusumli avtobus haydovchisi E.R boshqaruvidagi transportni qo‘l tormoziga qo‘ymasdan pastga tushib avtobus oldiga o‘tgan.
Avtobus o‘z inersiyasi bilan yurib ketib E.R.ni qisib qo‘yishi natijasida haydovchi voqea joyida vafot etgan.
“Toshshahartransxizmat” AJ marhumning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya bildirgan
Mavzuga oid
10:15 / 16.06.2026
Toshkentda 9-sinf bitiruvchisi haydagan BYD avtobus bilan to‘qnashdi
21:03 / 06.06.2026
Toshkentda avtobus orqaga yurayotgan payti piyodani bosib ketdi
08:39 / 03.06.2026
Toshkentdan Issiqko‘lga mavsumiy avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi
22:38 / 23.05.2026