Jahon | 20:13
3028
2 daqiqa o‘qiladi

Vens: Ukraina baribir Donbassni boy berishini tushunib turibdi

Shu bilan birga, AQSh vitse-prezidenti Rossiya Donbassni to‘liq bosib olishi uchun bir yil yoki undan ko‘proq vaqt ketishini aytgan.

Foto: AFP

Ukraina muzokarachilari norasmiy ravishda Ukraina u yoki bu tarzda Donetsk oblasti ustidan nazoratni yo‘qotishini tan olmoqda, dedi AQSh vitse-prezidenti Jyey Di Vens.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina tomoni Rossiya Federatsiyasining butun Donetsk oblasti ustidan nazorat o‘rnatishi ehtimolini xavfsizlik bo‘yicha jiddiy muammo sifatida ko‘rmoqda. «Ammo o‘zaro suhbatlarda ular oxir-oqibat regiondan ayrilishlari mumkinligini tan olishadi. Ammo, bilasizmi, bu 12 oydan keyin, balki undan ham keyin sodir bo‘lishi mumkin», – dedi AQSh vitse-prezidenti.

Vens Donbass kimga tegishliligi masalasi muzokaralar yo‘lidagi jiddiy to‘siq ekanini tasdiqlagan.

AQSh vitse-prezidenti muzokarachilar sezilarli yutuqlarga erishganini ta’kidladi – birinchi navbatda, endi barcha masalalar ochiq ko‘rib chiqilmoqda va tomonlar o‘rtasida nima muhokama qilinishi va nima muhokama qilinmasligi haqida «haqiqiy tushuncha» mavjud.

Shu bilan birga, Vens muzokaralarning muvaffaqiyatli yakunlanishiga ishonchi komil emasligini bildirdi. «Menimcha, biz buni qilishimiz [tinchlikka erishishimiz] ehtimoli katta va biz buni qilmasligimiz ehtimoli ham katta», – deydi AQSh vitse-prezidenti.

O‘tgan dam olish kunlari muzokaralar Mayamida davom etdi, u yerga Kirill Dmitriyev boshchiligidagi Rossiya delegatsiyasi tashrif buyurdi. AQSh prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff ikki kunlik maslahatlashuvlar yakunlari bo‘yicha ularni «samarali va konstruktiv» deb atadi. Uchrashuv tafsilotlari ma’lum qilinmagan.

Mavzuga oid