Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namanganda 7 yoshli qizchani zo‘rlagan pedofil 18 yilga qamaldi
Muqaddam ham nomusga tegish jinoyatini sodir qilib, sudlangan, joriy yil 14 oktyabr kuni tog‘asining 7 yoshli nevarasini zo‘rlagan pedofil sudning hukmi bilan o‘ta xavfli retsidivist deb topildi. Unga 18 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jazo muddatining 3 yilini turmada o‘tash belgilandi.
Yangiqo‘rg‘onda 2018 yilda tug‘ilgan qizaloqni zo‘rlagan pedofil ishi bo‘yicha sud hukmi o‘qildi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Abidov xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, bugun JIB Yangiqo‘rg‘on tuman sudida 1987 yilda Namangan viloyatida tug‘ilgan, muqaddam sudlanib, xavfli retsidivist deb topilgan B.S.ga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni yakunlangan va hukm e’lon qilingan. Jinoyat ishi Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasi (sudda jinoyat ishlarining oshkora ko‘rilishi) talablariga muvofiq yopiq sud majlisida ko‘rib chiqilgan.
Sud hukmiga muvofiq B.S. voyaga yetmagan I.K.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 112-moddasi (o‘ldirish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish) 1-qismi, 118-moddasi (nomusga tegish) 4-qismi va 119-moddasi (jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish) 4-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilgan. Unga 18 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Jazo muddatining dastlabki 3 yilini turmada, jazoning qolgan muddatini maxsus tartibli koloniyalarda o‘tashi belgilangan.
Shuningdek, Jinoyat kodeksining 34-moddasi 3-qismi “a” bandiga asosan B.S. o‘ta xavfli retsidivist deb topilgan.
Birinchi instansiya sudining hukmi ustidan taraflar qonunda belgilangan tartib va muddatda Namangan viloyat sudining apellyatsiya/kassatsiya instansiyasiga shikoyat berish va protest keltirishga haqliligi bildirilgan.
B.S. joriy yil 14 oktyabr kuni to‘y marosimida tog‘asining 7 yoshli nevarasini aldagan holda chetga olib chiqib, qizaloqning nomusiga tekkan va voqea joyidan yashiringandi. Erkak 2 kunlik qidiruvdan so‘ng qo‘lga olingan.
Avvalroq Ohangaronda manzil koloniyadan qochib, 3-sinf qizni zo‘rlagan pedofil ishi sudda ko‘rilayotgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
14:27 / 23.12.2025
Manzil koloniyadan qochib, 3-sinf qizni zo‘rlagan pedofil ishi sudda ko‘rilmoqda
02:11 / 06.12.2025
O‘zbekistonda yer qimirladi
15:39 / 27.11.2025
Zo‘rlangan qiz, o‘g‘irlangan mashina va qotil qochoq – manzil koloniyadan qochib, jinoyat sodir etish holati ko‘paymoqda
13:34 / 26.11.2025