Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navoiyda noqonuniy tarzda qariyb yarim tonna baliq ovlaganlar ushlandi
Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida joylashgan «To‘dako‘l» tabiiy suv havzasida fuqarolar taqiqlangan baliq ovlash quroli yordamida noqonuniy tarzda baliq ovlagan.
Foto: Videodan kadr
Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi tomonidan Ichki ishlar, Milliy gvardiya hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari bilan hamkorlikda Navoiy viloyatida navbatdagi nazorat reyd tadbiri o‘tkazildi.
Olib borilgan reyd tadbiri davomida Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida joylashgan «To‘dako‘l» tabiiy suv havzasida 3 nafar fuqaro tomonidan taqiqlangan baliq ovlash quroli bo‘lgan "leskali to‘rlar" yordamida ikki turdagi 39 dona baliq noqonuniy ovlangani aniqlandi.
Sodir etilgan huquqbuzarlik natijasida hayvonot dunyosiga 120 mln 304 ming so‘m miqdorida zarar yetkazilgan.
Shuningdek, yana bir holatda «To‘dako‘l» suv havzasida 5 turdagi 417 dona baliq noqonuniy ovlangani aniqlanib, ushbu holat oqibatida hayvonot dunyosiga 561 mln 968 ming so‘m zarar yetkazilgani ma’lum bo‘ldi.
Mazkur holatlar yuzasidan huquqbuzarlarga tegishli bo‘lgan “leskali to‘rlar” va umumiy og‘irligi 416 kg bo‘lgan 456 dona baliqlar daliliy ashyo sifatida olib qo‘yildi.
Mavzuga oid
23:50 / 19.05.2026
Navoiydagi konda yashirincha oltin qazish bilan shug‘ullangan guruh ushlandi
17:53 / 11.05.2026
Navoiyda kuyovini o‘ldirish uchun killer yollagan ayol ushlandi
15:40 / 06.05.2026
Navoiyda 13 nafar bog‘cha bolasini tashib ketayotgan Matiz YTHga uchradi
22:44 / 02.05.2026