Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2025 yilning III choragida bo‘sh ish o‘rinlari soni oshdi – Markaziy bank
Korxonalar kutilmalarida ish o‘rinlarini oshirish bilan birga qisqartirishni bildirganlar ulushi ko‘paygan.
Markaziy bank 2025 yil III choragi uchun mehnat bozori sharhini e’lon qildi. Unga ko‘ra, ushbu davrda bo‘sh ish o‘rinlari taklifi barqaror o‘sishda davom etdi, shuningdek, nominal va real ish haqi hamda pul o‘tkazmalari o‘sdi.
Ochiq manbalar ma’lumotlariga ko‘ra, III chorakda biznes sub’yektlari tomonidan e’lon qilingan ish o‘rinlari o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3,3% ga o‘sib, ularning salmoqli qismi savdo (17,9%), umumiy ovqatlanish (17,1%) va ishlab chiqarish (17,0%) tarmoqlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Korxonalar kutilmalarida ish o‘rinlarini oshirish bilan birga qisqartirishni bildirganlar ulushi ko‘paydi.
Iqtisodiy faollik bo‘yicha so‘rovnomalarda kelgusi 3 oyda ish o‘rinlari sonini oshirishini bildirgan tadbirkorlar ulushi iyul-avgust oylarida o‘rtacha 33,9%ni tashkil etgan, sentabrda esa mavsumiy pasayib 30,8% ga tushgan.
Shu bilan birga, ish o‘rinlarini qisqartirishni bildirganlar ulushi II chorakdagi 8,7% dan 12,7% gacha oshgan. Bunda asosan qurilish (16,4%) va savdo (25,6%) sohasida faoliyat yurituvchi respondentlar ish o‘rinlarini qisqartirishni bildirgan.
Mavzuga oid
16:42 / 05.02.2026
Islomiy bank faoliyatining joriy etilishiga oid qonun Senatda ma’qullandi
13:20 / 29.01.2026
«Moliyaviy xizmatlarni ko‘rsatishda monopoliya tarafdori emasmiz» - Timur Ishmetov
11:11 / 29.01.2026
O‘zbekistonda 5 grammli oltin quymasining narxi 10,8 million so‘mdan oshdi
21:51 / 28.01.2026