Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy AQShning 20ta kompaniyasiga qarshi sanksiya kiritdi
AQShning Tayvanga 10 milliard dollarlik qurol sotish to‘g‘risidagi qarori Xitoyning g‘azabiga sabab bo‘ldi.
Xitoy AQShning mudofaaga aloqador 20ta kompaniyasiga qarshi sanksiya kiritdi. Xitoy tashqi ishlar vazirligining bayonotiga ko‘ra, sanksiyalarda ushbu kompaniyalarning Xitoydagi aktivlari muzlatilishi hamda jismoniy shaxslar va tashkilotlarga ular bilan aloqa qilish taqiqlanishi ko‘zda tutiladi.
"Tayvanga qurol sotish bilan shug‘ullanadigan har qanday kompaniya yoki shaxs qilmishi uchun badal to‘laydi", deyiladi Xitoy TIV bayonotida.
Vazirlik shuningdek, AQShni “Tayvanga qurol sotish borasidagi xavfli qadamlar"ni to‘xtatishga chaqirgan.
Sanksiyalar ro‘yxatidan Northrop Grumman Systems Corporation, L3Harris Maritime Services va Boeing hamda Anduril Industries mudofaa kompaniyasi asoschisi Palmer Laki o‘rin olgan. Unga Xitoyda biznes yuritish va mamlakatga kirish taqiqlandi.
AQShning Tayvanga 10 milliard dollarlik qurol sotish to‘g‘risidagi qarori Xitoyning g‘azabiga sabab bo‘ldi.
Federal qonunchilikka ko‘ra, AQSh Tayvanga o‘zini himoya qilishga yordam berishga majbur va bu Xitoy bilan munosabatlarda tobora keskinlashib bormoqda.
Mavzuga oid
22:39 / 19.06.2026
Tushunarsiz kelishuv: Tehron uni «Amerika ustidan g‘alaba» deb talqin qilmoqda
21:38 / 19.06.2026
AQSh va Eron o‘rtasida Shveytsariyadagi muzokaralar o‘tkazilmaydigan bo‘ldi
20:51 / 19.06.2026
«Italiya va men hech qachon yolvormaymiz» - Meloni Trampga keskin e’tiroz bildirdi
20:26 / 19.06.2026