Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2025 yil o‘zbek so‘mi uchun qanday o‘tdi?
Joriy yilda so‘m dollarga nisbatan qariyb 6,8 foizga mustahkamlandi. Iqtisodchi Mirkomil Xolboyev milliy valutaning mustahkamlanishiga qanday omillar ta’sir qilganini tahlil qildi. Uning qayd etishicha, so‘m bilan kuzatilgan yana bir o‘ziga xos o‘zgarish so‘m-dollar juftligida koridorning sezilarli kengaygani bo‘ldi.
Foto: Kun.uz
2025 yilda so‘m dollarga nisbatan 6,8 foizga mustahkamlangan. Taqqoslash uchun, bu davrda tenge 3,9 foizga, rubl esa 23,8 foizga mustahkamlangan bo‘lsa, qirg‘iz somi 0,5 foizga qadrsizlangan. Shuningdek, yirik valutalardan frank 13,5 foizga, yevro 12,4 foizga, funt 7,9 foizga, iyena esa 0,8 foizga AQSh valutasiga nisbatan o‘z qadrini oshirgan. Iqtisodchi Mirkomil Xolboyevning yozishicha, bu holat Tramp tomonidan qaror qabul qilishdagi noaniqliklarning ortishi va savdo urushi bilan bog‘liq.
«Joriy yilda so‘mning tarixiy mustahkamlanishida dollarning global qadrsizlanishi (dollar indeksi yil davomida 9,4 foizga qadrsizlandi) va asosiy eksport tovarimiz hisoblagan oltin narxining yuqori o‘sishi (2025 yilda 70 foiz) natijasida oltin eksportidan tushumlarning tarixiy ko‘rsatkichga yetishi (11 oyda 9,9 mlrd dollar) rol o‘ynadi.
Shuningdek, asosiy mehnat bozorlarida valuta kursi sezilarli mustahkamlanishi natijasida (rubl) pul o‘tkazmalarining kutilmalarga nisbatan yuqori o‘sishi (11 oyda 17,3 mlrd dollar) hamda investitsiya oqimining yuqori o‘sayotganligi (asosiy kapitalga investitsiyalarda xorijiy investitsiya va kreditlar hajmi 9 oyda 24 foizga o‘sgan) milliy valutamiz mustahkamlanishini qo‘llab-quvvatlagan», deya yozdi iqtisodchi.
Mirkomil Xolboyevning qo‘shimcha qilishicha, so‘m jami sessiyalarning 53,4 foizi davomida mustahkamlangan.
«2025 yil davomida so‘m 134 ta sessiya davomida mustahkamlangan. Bu jami sessiyalarning 53,4 foizini tashkil etadi. Taqqoslash uchun, 2024 yilda so‘m 108 kun, 2023 yilda esa 102 kun (sessiya) mustahkamlangan.
Joriy yilga eng yaqin ko‘rsatkich 2022 yilda qayd etilib, o‘sha yilda so‘m 127 ta sessiyada mustahkamlangandi. Lekin 2022 yilda so‘m dollarga nisbatan 3,7 foizga qadrsizlangan bo‘lsa, joriy yilda qariyb 7 foizga mustahkamlandi», deya qayd etgan iqtisodchi.
So‘m bilan kuzatilgan yana bir o‘ziga xos o‘zgarish so‘m-dollar juftligida koridorning sezilarli kengaygani bo‘lgan. Joriy yilda so‘m-dollar juftligida o‘rtacha kunlik o‘zgarish 34,7 so‘mni (maydan keyingi davrda 45,2 so‘m) tashkil etdi. Taqqoslash uchun, 2024 yilda kunlik o‘zgarish 15,1 so‘mni, 2023 yilda 17,3 so‘mni tashkil etgan. Sentyabrdan keyingi davrda koridor biroz qisqargan bo‘lsa-da, yil boshiga nisbatan sezilarli yuqoriligicha qolgan.
Mavzuga oid
19:17 / 07.12.2025
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari 61 mlrd dollardan oshdi
22:15 / 04.12.2025
BRICS yagona valutasini joriy etishga shoshilishdan ma’no yo‘q – Putin
20:31 / 22.11.2025
Eron valutasi denominatsiya qilindi, undan to‘rtta nol olib tashlanadi
20:08 / 22.11.2025