Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amirsoy va Bildirsoyga olib boruvchi yo‘lda bir tomonlama harakat tashkil etildi
Bayram kunlarida Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani tog‘li hududlariga sayohat qiluvchi fuqarolar soni oshishi tufayli yo‘l-transport hodisalari va tirbandliklarning oldini olish choralari ko‘rildi.
Toshkent viloyatidagi dam olish maskanlariga olib boruvchi avtomobil yo‘lida bir tomonlama harakat tashkil etildi, deb xabar berdi Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati.
Qayd qilinishicha, bu chora bayram kunlarida Bo‘stonliq tumanining tog‘li hududlariga sayohat qiluvchi fuqarolar soni oshishi, kurort zonalarida jamoat tartibini saqlash, yo‘llarda harakat xavfsizligini ta’minlash hamda yo‘l-transport hodisalari va tirbandliklarning oldini olish maqsadida joriy etilgan.
«Shundan kelib chiqib, tumanning tog‘li hududlaridagi Amirsoy, Chimyon, Bildirsoy kabi dam olish maskanlariga olib boruvchi avtomobil yo‘lida transport vositalarining harakati bir tomonlama tashkil etildi», deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, 4R6 Toshkent—Chirchiq—Chimyon avtomobil yo‘lining 57-kilometridan 92-kilometrigacha — 4R10 avtomobil yo‘li bilan tutash joyiga qadar, harakat bir tomonlama etib belgilangan.
Mavzuga oid
23:28 / 11.02.2026
Toshkentda yo‘l qoidabuzarliklariga oid jarimalar bo‘yicha shikoyatlar uchun Call-markaz ishga tushdi
12:58 / 11.02.2026
Toshkentda ijaradagi uyda narkolaboratoriya tashkil qilgan talaba qo‘lga olindi
16:44 / 07.02.2026
Toshkent shahri hokimiga yangi o‘rinbosar lavozimi joriy etildi
08:28 / 07.02.2026