Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Raqs sohasi vakillarining maoshlarini oshirish taklif qilinmoqda
Madaniyat vazirligi vazirlik tasarrufidagi teatr va konsert-tomosha muassasalarida faoliyat yurituvchi raqs sohasi vakillarining maoshlarini oshirish taklif etilgan qaror loyihasini muhokamaga qo‘ydi.
Foto: Anvar Ilyasov
Loyihaga ko‘ra, 2026 yil yanvardan boshlab Madaniyat vazirligi tasarrufidagi teatr va konsert-tomosha muassasalarida faoliyat yurituvchi raqs sohasi vakillarining (raqs jamoasining badiiy rahbar, baletmeyster, balet artisti, repetitorlar) mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoriga nisbatdan hisoblanadigan bazaviy lavozim maoshlari 3 koeffitsiyentga oshiriladi.
Shuningdek, iste’dodli yosh raqqos, raqqosa va baletmeysterlarning samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun sharoitlar yaratish, sohaga yetuk va malakali mutaxassislarni keng jalb qilishda davlat muassasalarida raqs san’ati sohasida faoliyat yuritayotganlarning 20 yillik imtiyozli nafaqaga chiqish davrining dastlabki 15 yili raqqos va raqqosalik bilan, qolgan 5 yili baletmeyster va balet bo‘yicha repetitor faoliyati bilan shug‘ullanganligi inobatga olinadi.
Bunda xodimning faoliyati raqqos va raqqosalik sohasida boshlangan bo‘lishi shart.
Qaror loyihasida viloyatlardan kelib Toshkent shahridagi raqs jamoalarida faoliyat yuritayotgan raqqos va raqqosalarni qo‘llab quvvatlash va yotoqxona bilan ta’minlash maqsadida Toshkent shahridagi maqbul binolardan birini 2026 yilning 1 mart kuniga qadar ajratish va Madaniyat vazirligi balansiga o‘tkazib berish choralari ko‘rilishi belgilangan.
Mavzuga oid
08:55 / 04.07.2025
O‘zbekistonning TURKSOYdagi vakili tayinlandi
15:43 / 01.05.2025
Madaniyat muassasalari xodimlarining maoshlari miqdori qayta ko‘rib chiqiladi
18:38 / 28.04.2025
Nomoddiy madaniy meros namunalarini ro‘yxatga kiritish bilan bog‘liq reglament tasdiqlandi
15:03 / 15.03.2025