Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorazmda Cobalt poyezd bilan to‘qnashdi
Haydovchi svetofor va yo‘l belgilari talablariga rioya qilmasdan, yo‘lni kesib o‘tmoqchi bo‘lgan. YTHdan so‘ng u tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Xorazm viloyati Shovot tumanida poyezd Cobalt’ni urib ketdi. Viloyat IIB xabariga ko‘ra, hodisa 1 yanvar kuni ro‘y bergan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan, poyezd kuzatuv kamerasiga yozilgan tasvirlarda lokomotiv mashinist temiryo‘l kesishmasiga yaqinlashish oldidan ovozli signal bergani, qora rangli Cobalt avtomobili haydovchisi esa bir to‘xtab, keyin yana harakatni davom ettirgani va yo‘lga chiqib ketgani ko‘rinadi.
«Joriy yilning 1 yanvar kuni soat 14:50 atrofida Shovot tumani Bo‘yrachi mahallasi hududidan o‘tgan, mahalliy ahamiyatga molik 91-02 avtomobil yo‘lining 21-kilometrida 1995 yilda tug‘ilgan, Cobalt rusumli transport vositasi haydovchisi Shovot-Urganch yo‘nalishida harakatlanib kelib, qo‘riqlanmaydigan temiryo‘l kesishmasida yo‘l harakati qoidalari va yo‘l belgilari talablariga rioya qilmasdan poyezdga yo‘l bermasdan, svetoforning taqiqlovchi qizil ishorasida harakatlanishi natijasida to‘qnashuv ro‘y berib, yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan», deyiladi IIB xabarida.

Hodisa oqibatida avtomobilga jiddiy shikast yetgan, haydovchi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Mavzuga oid
11:08 / 04.03.2026
Yo‘l bezoriligini targ‘ib qiluvchi akkauntlar bloklanadi - Rustam Jo‘rayev
09:20 / 04.03.2026
Qatarda 11 yoshli o‘zbekistonlik bola YTHda vafot etdi
10:06 / 01.03.2026
Toshkent viloyatida suvga oqizib yuborilgan jasad 80 kunda topildi
08:00 / 01.03.2026