Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
12 yanvar kuni Toshkentdagi ayrim ko‘chalarda transport harakati vaqtinchalik cheklanadi
O‘zbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan 12 yanvar kuni Toshkentda Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralar harbiy bo‘linmalarining tantanali piyoda yurish marosimi bo‘lib o‘tadi.
Harbiy bo‘linmalarning tantanali piyoda yurishlari Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetidan (Mo‘ljal: «Pushkin» metro bekati) soat 11:00 da boshlanadi va 13:00 ga qadar davom etadi.
Harbiy bo‘linmalar dastlab boshlanish nuqtasidan Parkent va Mustaqillik ko‘chalari bo‘ylab harakatlanib, Amir Temur xiyobonidagi to‘xtash nuqtasida faxriy qorovul jamoasi va qo‘l jangi ustalarining ko‘rgazmali chiqishlari, bo‘linmalarning jangovar chaqirig‘i, harbiy orkestrning defile namoyishlari ijro etiladi. Shundan so‘ng bo‘linmalar Mustaqillik va Temiryo‘l ko‘chalari bo‘ylab manzilga qaytadilar.
Shu munosabat bilan yuqorida keltirilgan ko‘chalarda soat 11:00 dan 13:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida transport vositalari harakati vaqtinchalik cheklanadi.
Mavzuga oid
18:20 / 04.07.2026
Toshkentning har bir tumanida 15-20 tadan jamoat hojatxonalari quriladi
17:57 / 04.07.2026
Toshkentda yangi tipdagi maktablar quriladi: sportzal va oshxona yerto‘lada bo‘ladi
17:37 / 04.07.2026
Sergelida kanalizatsiya inshooti atrofidagi sassiq hid bartaraf etiladi
17:03 / 04.07.2026