O‘zbekiston | 11:30 / 26.01.2026
3035
5 daqiqa o‘qiladi
Reklama

“Investment Readiness Accelerator” Toshkentda: pre-seed va seed startaplar uchun qabul boshlandi

Toshkent, O‘zbekiston. MOST C-Space Hub tomonidan “SQB Ventures” (bosh hamkor) hamda UNDP ko‘magida “Investment Readiness Accelerator Tashkent” dasturiga qabul boshlanganini e’lon qildi. Mazkur dastur o‘sish, masshtablash va investitsiya jalb qilishga tayyor bo‘lgan pre-seed va seed bosqichidagi startaplarga mo‘ljallangan xalqaro akseleratsiya dasturidir.

Akseleratsiya dasturi gibrid formatda – onlayn va oflayn tarzda, 12 hafta davomida o‘tkaziladi. Har bir mavsum doirasida 20 tagacha startap saralab olinadi. Dastur yakunida “Demo Day” tashkil etilib, unda ishtirokchi jamoalar o‘z loyihalarini investorlar, investitsiya fondlari va korporativ hamkorlar e’tiboriga taqdim etadi.

Foto: Investment Readiness Accelerator

Investment Readiness Accelerator amaliy natijaga yo‘naltirilgan dastur bo‘lib, mahsuloti ishlayotgan, dastlabki moliyaviy ko‘rsatkichlarga ega va biznesni yangi bosqichga olib chiqishni maqsad qilgan jamoalar uchun mo‘ljallangan. Dastur doirasida startaplar daromadni oshirish, masshtablash hamda investitsiya bitimlariga tayyorgarlik ko‘rish masalalariga alohida e’tibor qaratadi.

“Investment Readiness Accelerator” Qozog‘istonda amaliy natijalar orqali o‘z samaradorligini namoyish etdi. Dastur bitiruvchilari orasida daromad ko‘rsatkichlarini oshirgan va yirik investitsiyalar jalb qilgan loyihalar mavjud. Xususan, CTOGram (2 million dollardan ortiq investitsiya), Garderob (2,6 million dollar investitsiya) hamda Cerebra AI (4 million dollardan ortiq investitsiya) shular jumlasidandir.

Akseleratorning O‘zbekistonda ishga tushirilishi MOST va C-Space o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishdagi navbatdagi qadam bo‘lib, u tadbirkorlik tajribasi, investitsion ekspertiza hamda bozorga kirish imkoniyatlarini o‘zaro uyg‘unlashtirishga qaratilgan.

Dastur muhim ustunliklaridan biri – startaplarni joriy bosqichdan investitsiya bitimi va masshtablash bosqichiga olib chiqishga qaratilgan tajribali edvayzerlar va bozor amaliyotchilari jamoasidir. Jumladan:

– Pavel Koktyshev – MOST Holding bosh direktori

– Baxt Niyazov – Justart VC Studio asoschisi, venchur investor

– Dilmurod Xodiyev – C-Space bosh direktori

– Farrux Maksumov – C-Space Startup Center bosh direktori.

Dastur yo‘nalishi

“Investment Readiness Accelerator” aniq natijaga – pul oqimining o‘sishi va investitsiyaga tayyorlikka qaratilgan. Dastur davomida ishtirokchilar quyidagi yo‘nalishlarda ishlaydi:

– daromad va asosiy biznes-metrikalarni oshirish

– kompaniyani investitsiya jalb qilishga va fondlar bilan ishlashga tayyorlash

– bitim strukturasi va kapital jalb qilish shartlarini ishlab chiqish, jumladan SAFE

– kengayish va o‘sish strategiyasini shakllantirish

– investorlar bilan aloqaga chiqish va sifatli “deal flow” yaratish.

Ishtirokchilar intensiv formatda – shaxsiy trekerlar, investorlar va tadbirkorlar bilan uchrashuvlar orqali ishlaydi. Dastur bitiruvchilari uchun potensial investitsiya hajmi 200 ming dollargacha yetishi mumkin.

Dastur kimlar uchun?

Dasturda ishtirok etish uchun quyidagi mezonlarga javob beradigan startaplar taklif etiladi:

Geografiyasi – O‘zbekiston

Bosqich – pre-seed yoki seed

Tayyor MVP mavjudligi

Oyiga kamida 1000 AQSh dollari MRR

Kamida 2 kishilik jamoa

Mijoz va bozorni tushunish

Investitsiya bitimiga tayyorgarlik, jumladan, SAFE.

“Investment Readiness Accelerator” MOST C-Space Hub’ning Markaziy Osiyoda investitsiya bozorini rivojlantirish va texnologik tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ekotizim tashabbuslari doirasida amalga oshiriladi. Bundan ko‘zlangan maqsad – institutsional va xususiy investorlar bilan ishlashga tayyor yangi avlod startaplarini shakllantirishdan iborat.

Pavel Koktyshev, MOST Holding bosh direktori:

“Investment Readiness Accelerator”ning asosiy missiyasi – biznes o‘sishiga amaliy yordam berish. Tadbirkorlar million dollarlik kompaniyalar qurishi va iqtisodiyotni real natijalar orqali mustahkamlashi mumkin. Bozorga biznesdek fikrlaydigan startaplar, ya’ni raqamlarni biladigan, mijozni tushunadigan va bitimni to‘g‘ri tizimlashtira oladigan jamoalar kerak.”

Dilmurod Xodiyev, C-Space bosh direktori:

“Dastur ma’ruza tinglash uchun emas, balki daromadda o‘sish va real bitimlarga chiqishga mo‘ljallangan. O‘zbekiston bugun jadal o‘sish bosqichida. MOST ekspertizasi bilan birga biz startaplarni o‘lchanadigan natijalarga olib chiqamiz.”

Tigran Bekmullin, “SQB Ventures” bosh direktori:

“Investment Readiness Accelerator” kabi tashabbuslarni yaqindan qo‘llab-quvvatlash biz uchun muhim. Aynan shunday dasturlar Markaziy Osiyo bozorida investitsion muhitni mustahkamlab, startaplarning real biznesga aylanishi va barqaror o‘sishi uchun zarur sharoitlarni yaratadi”.

Arizalar joriy yilning 9 fevraliga qadar qabul qilinadi. Joylar soni cheklangan.

Batafsil ma’lumot: https://investready.uz/uz

Reklama

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish