Sport | 20:06
1944
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston milliy jamoasi nazorat o‘yinida Xitoy bilan durangga erishdi

Bahs Dubayda «yopiq eshiklar ortida» o‘tdi: unga muxlislar va jurnalistlar kiritilmadi, TV translatsiyasi amalga oshirilmadi. Bosh murabbiy Fabio Kannavaro ichki chempionatdagi futbolchilarni sinovdan o‘tkazdi.

O‘zbekiston milliy jamoasi Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazmoqda.

Yig‘in sanasi FIFA kunlariga to‘g‘ri kelmagani bois bosh murabbiy Fabio Kannavaro ichki chempionatdagi futbolchilarni jalb qildi.

Yig‘in doirasida 26 yanvar kuni Xitoy milliy jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazildi. Bahs «yopiq eshiklar ortida» o‘tdi: unga muxlislar va jurnalistlar kiritilmadi, TV translatsiyasi amalga oshirilmadi.

O‘yin 35 daqiqadan iborat 3 ta taym formatida o‘tkazildi – bunda murabbiylar yig‘inga jalb qilingan futbolchilarni ko‘proq sinab ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Bahs 2:2 hisobida yakunlandi, o‘zbekistonliklar so‘nggi daqiqadagi gol evaziga mag‘lubiyatdan qutulib qoldi.

Nazorat o‘yini

26 yanvar, Dubay (BAA)

O‘zbekiston – Xitoy – 2:2

Gollar: Javohir Husanov 91, Behruz Karimov 105 – Raqib gollari (12 pen, 20)

O‘zbekiston: O‘tkir Yusupov (Vladimir Nazarov 36, Edem Nemanov 71), Avazbek O‘lmasaliyev (Samandar Mavlonqulov 50, Firdavs Abdurahmonov 90), Doston Tursunov (Ibrohimhalil Yo‘ldoshev 50), Quvondiq Ro‘ziyev (Abbos G‘ulomov 36, Jasur Jaloliddinov 71), Ikrom Aliboyev (Alisher Odilov 36, Xurshid G‘iyosov 71), Mahmud Mahamadjonov (Sherzod Esanov 36, Behruz Karimov 71), Anvar Hojimirzayev (Ibrohim Ibragimov 36), Nodir Abdurazzoqov (Alibek Davronov 50), Rustam Turdimurodov (Otabek Ahadov 50, Javohir Husanov 90), Aziz Xolmurodov (Oybek Bozorov, 36 Sardor Bahromov, 71), Dilshod Komilov (Jahongir O‘rozov, 50).

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов

Mavzuga oid