Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tog‘li hududlarda qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi
2026 yil 27–30 yanvar kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik va havo harorati o‘zgarishi sababli mamlakatning bir qator tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi yuzaga kelishi mumkin.
Foto: Kun.uz
Tezkor gidrometeorologik axborotga ko‘ra, qor ko‘chish xavfi quyidagi hududlarda kuzatilishi ehtimoli mavjud:
- Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod, Kitob, Qamashi, Shahrisabz tumanlarida;
- Surxondaryo viloyatining Boysun, Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo, Uzun tumanlarida;
- Samarqand viloyatining Nurobod, Qo‘shrabot, Samarqand, Urgut tumanlarida;
- Jizzax viloyatining Baxmal va Zomin tumanlarida;
- Toshkent viloyatining Bo‘stonliq, Parkent, Ohangaron tumanlari (Chotqol tizmasi tog‘lari)da;
- Namangan viloyatining Pop tumanida.
Mutaxassislar tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda ushbu hududlar orqali harakatlanuvchi haydovchilarni ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishga chaqirmoqda.
Mavzuga oid
13:47 / 04.05.2026
Hafta davomida harorat ko‘tarilib boradi
18:37 / 02.05.2026
Farg‘ona va Surxondaryoda sel kuzatildi, Samarqandda ko‘chalarni suv bosdi
15:58 / 01.05.2026
Hafta oxirida harorat biroz pasayadi va yomg‘ir yog‘adi
11:52 / 27.04.2026