Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sirdaryodagi bir korxonaning 1,1 milliard so‘mlik qarzi boshqa tadbirkorga yuklab yuborildi
«O‘zenergoinspeksiya» Sirdaryodagi bir korxonaga elektrdan noqonuniy foydalanganlik vaji bilan 1,1 milliard so‘mlik qo‘shimcha qarzdorlik hisobladi. O‘rganishlar davomida belgilangan qarz summasi boshqa tashkilotga tegishli ekanligi ma’lum bo‘ldi.
Sirdaryo viloyatidagi «R.A.» MChJ rahbari korxonaga elektr energiyasidan 1,1 mlrd so‘m miqdorida asossiz qarzdorlik hisoblanganidan noroziligini bildirib murojaat qildi, deya xabar berdi Biznes-ombudsman matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, «O‘zenergoinspeksiya» viloyat boshqarmasi tomonidan tadbirkor elektrdan noqonuniy foydalanganligi ta’kidlanib, qo‘shimcha qarzdorlik hisoblash bo‘yicha ko‘rsatma berilgan.
O‘rganishlar davomida tadbirkorning aslida boshqa korxonaga qonuniy tartibda subiste’molchi sifatida ulangani va yuzaga kelgan qarzdorlik ham aslida mana shu korxonaga tegishli ekani ma’lum bo‘lgan hamda asossiz hisoblangan 1 milliard so‘mdan ortiq to‘lov bekor qilingan. Shu bilan birga, qonunbuzilishiga yo‘l qo‘ygan elektr tarmoqlari korxonasi mas’uliga nisbatan ma’muriy javobgarlik belgilangan.
Avvalroq, tadbirkorga qo‘llangan 7,4 mlrd so‘mlik noqonuniy jarima bekor qilingani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
07:31 / 08.05.2026
Xususiy tibbiyot tashkilotlariga transplantatsiya qilishga ruxsat beriladi
07:27 / 08.05.2026
Xususiy tibbiyot tashkilotlariga davlat budjeti hisobidan xizmat ko‘rsatishga ruxsat berildi
20:40 / 04.05.2026
96 ming so‘mlik harakat uchun 140 mlrd so‘m jarima - mutaxassis tadbirkorlarni bankrot holatiga olib kelayotgan markirovka jarimalari haqida
19:05 / 26.04.2026