Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda chet ellikka nos chektirmoqchi bo‘lgan yigit jazolandi
Yigit chet ellikka nos chektirmoqchi bo‘ldi, so‘kdi va urish bilan tahdid qildi. Sud unga ma’muriy qamoq jazosini tayinladi.
Foto: Toshkent shahri IIBB
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida bir yigit xorijlik fuqaroga nos chekishni taklif qilayotgani aks etgan video tarqaldi. Unda yigit chet ellikka nos chektirmoqchi bo‘ladi, so‘kadi va urish bilan tahdid qiladi.
«Chekasan! Hozir uraman. Senga O‘zbekiston bedarvozami? Nosni chek», deydi yigit videoda.
Toshkent shahri IIBB tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv jarayonida voqea 25 yanvar kuni Chilonzor tumanidagi istirohat bog‘larining birida sodir bo‘lgani aniqlangan.
«20 yoshli M.K. chet el fuqarosiga nos tamaki mahsulotini chekishni taklif qilgan holda uyatli so‘zlar bilan so‘kinib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan buzgan», deyiladi xabarda.
Holat yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB tomonidan unga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (Mayda bezorilik) bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Ommaviy axborot vositalarida tarqalgan xabarga ko‘ra, sud unga 5 kunlik ma’muriy qamoq jazosini tayinlagan.
Mavzuga oid
09:10 / 03.04.2026
Toshkent va O‘sh o‘rtasida ilk aviaqatnov yo‘lga qo‘yildi
14:58 / 02.04.2026
Aholi norozi: Toshkentda futbol maydonchasi va daraxtlarga qurilish xavf solmoqda
09:13 / 01.04.2026
Ekologik choralar endi faqat Toshkent bilan cheklanmaydi
18:49 / 31.03.2026