Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston futzal milliy jamoasi Osiyo Kubogida Avstraliyani mag‘lub etdi
S guruhining 2-tur o‘yinida o‘zbekistonliklar irodali g‘alabaga erishdi va guruhdan chiqish imkoniyatini saqlab qoldi.
Indoneziyada futzal bo‘yicha Osiyo Kubogi davom etmoqda.
O‘zbekiston milliy jamoasi C guruhi 2-turida Avstraliya bilan o‘ynadi va 0:2 hisobida yutqazayotgan bo‘lishiga qaramay, yakunda 4:2 hisobida g‘alaba qozondi. Guruhning yana bir o‘yinida Yaponiya futzalchilari Tojikistonni 3:0 hisobida mag‘lub etdi.
Bu natijalardan so‘ng, Yaponiya 6 ochko jamg‘arib, guruhdan chiqish masalasini hal qildi. O‘zbekiston hisobida 4, Tojikistonda 1 ochko bor. Avstraliya – ochkosiz.
Yakuniy tur 1 fevral kuni bo‘lib o‘tadi va O‘zbekiston – Yaponiya, Tojikiston – Avstraliya o‘yinlari o‘tkaziladi. O‘zbekistonni durang natija ham qoniqtiradi.
Osiyo Kubogida 16 ta milliy jamoa 4 ta guruhga ajratilgan holda ishtirok etmoqda. Guruhlarda 1- va 2-o‘rinni egallagan jamoalar pley-off bosqichiga chiqadi. Ushbu Osiyo Kubogida futzal bo‘yicha jahon chempionati yo‘llanmalari o‘ynalmaydi.
Futzal bo‘yicha Osiyo Kubogi 1999 yildan buyon o‘tkazilmoqda. Unda faqat ikki milliy jamoa g‘olib bo‘lgan – Eron (13 marta) va Yaponiya (4 marta). O‘zbekiston futzalchilari 4 marta kumush va 6 marta bronza medallarini qo‘lga kiritgan.
Futzal bo‘yicha Osiyo Kubogi
30 yanvar, Jakarta (Indoneziya)
S guruhi, 2-tur
O‘ZBeKISTON – AVSTRALIYa 4:2
Gollar: Anasxon Rahmatov 9, Ixtiyor Ropiyev 11, Ilhom Hamroyev 19, Muzaffar Ahadjonov 37 – Jiden Harb 7, 8
O‘zbekiston (dastlabki beshlik): Abbos Elmurodov, Ixtiyor Ropiyev, Ilhom Hamroyev, Elbek To‘lqinov, Shahram Faxriddinov.
Zaxira: Shavkat Ibragimov, Anasxon Rahmatov, Abror Ahmedzyanov, Sunatulla Jo‘rayev, Akbar Usmonov, Xayrullo Solihov, Muzaffar Ahadjonov, Eldor Nigmatov, Samariddin Berkinov.
Avstraliya (dastlabki beshlik): Noa Feilich, Dominik Koks, Vade Jiovenali, Grant Linch, Itan De Melo.
Zaxira: Aaron Yu, Tiler Garner, Sezar Kasado Rubio, Jordan Gerreyro, Skott Rogan, Adam Styuart Kuper, Jiden Harb, Maykl Kuta, Jyeymi Dib
Futzal, Osiyo Kubogi, O‘zbekiston futzal milliy jamoasi
Mavzuga oid
19:02 / 28.01.2026
O‘zbekiston futzal milliy jamoasi Osiyo Kubogini durang bilan boshladi
19:11 / 05.11.2025
Futzal bo‘yicha Osiyo Kubogiga qur’a tashlandi
21:26 / 02.10.2025
O‘zbekiston U23 terma jamoasi Osiyo Kubogidagi raqiblarini bilib oldi
22:01 / 24.09.2025