O‘zbekiston | 17:00 / 31.01.2026
4059
3 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Bilimdan hosilgacha: Turonbank hamkorligidagi Ustoz AI limonchilik kurslari qanday natija bermoqda?

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda limonchilik sohasini rivojlantirishga qaratilgan loyihalar izchil amalga oshirilmoqda. Aholi va tadbirkorlarni limon yetishtirishga jalb etishda nafaqat moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, balki zamonaviy bilim hamda amaliy ko‘nikmalar bilan ta’minlash ham muhim yo‘nalishlardan biri sifatida qaralmoqda.

Foto: Ustoz AI

Shu maqsadda zamonaviy kasblarga o‘rgatishga qaratilgan Ustoz AI platformasida TuronBank bilan hamkorlikda takomillashtirilgan limonchilik kurslari ishga tushirilgan. Mazkur kurslar Limonchilik uyushmasining ilmiy ishlar bo‘yicha maslahatchisi Nuriddin Faxrutdinov ishtirokida ishlab chiqilgan bo‘lib, unda limon ko‘chatlarini tanlash, ekish, parvarishlash hamda hosilni yig‘ib olishgacha bo‘lgan barcha jarayonlar bosqichma-bosqich yoritilgan.

Mutaxassisning ta’kidlashicha, limonchilikda barqaror natijaga erishish uchun ilmiy yondashuv muhim ahamiyat kasb etadi.

— «Limonchilikda muvaffaqiyat ko‘p jihatdan bilimga bog‘liq. Ko‘chat tanlashdan boshlab sug‘orish va parvarishgacha bo‘lgan jarayonlarda xatolarga yo‘l qo‘yilsa, hosildorlik keskin pasayadi. Ustoz AI’dagi kurslar orqali aholiga aynan amaliy tajribaga asoslangan bilimlarni yetkazishga harakat qilyapmiz», deydi Nuriddin Faxrutdinov.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi kunga qadar 15 144 nafar fuqaro ushbu limonchilik kurslariga yozilgan bo‘lib, 13 130 nafari o‘quv jarayonini muvaffaqiyatli yakunlab, maxsus sertifikatga ega bo‘lgan.

Hududlar kesimida eng yuqori faollik Surxondaryo viloyatida qayd etilgan. Ushbu hududdan 10 756 nafar fuqaro kurslarda ishtirok etib, 9 899 nafari sertifikat olgan.

Namangan viloyatida 1 729 nafar o‘quvchidan 1 584 nafari sertifikatga ega bo‘lgan.

Andijon viloyatida esa 631 nafar fuqaro kurslarga yozilgan bo‘lib, 437 nafari ta’limni muvaffaqiyatli yakunlagan.

Bilim berish bilan bir qatorda, limon yetishtirish bilan shug‘ullanuvchi aholi va tadbirkorlar o‘rtasida doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish ham muhim hisoblanadi. Shu maqsadda «TuronBank» ATB tomonidan Telegram ijtimoiy tarmog‘ida «O‘zbek limoni» nomli maxsus guruh faoliyat yuritmoqda.

Ushbu Telegram guruhi limonchilikda uchraydigan muammolarni muhokama qilish, yangi agrotexnologiyalarni targ‘ib etish, tajriba almashish hamda mutaxassislar tavsiyalarini tezkor yetkazish imkonini bermoqda. Guruh orqali foydalanuvchilar qisqa muddat ichida soha mutaxassislaridan onlayn maslahat olish imkoniyatiga ega.

Mutaxassislarning fikricha, raqamli ta’lim platformalari va ochiq muloqot maydonlarining uyg‘unligi limonchilik sohasining barqaror rivojlanishiga, aholi bandligini oshirishga hamda eksportbop mahsulotlar yetishtirishga xizmat qilmoqda.

Ushbu sahifadagi reportaj mazmuni

 Reklama huquqi asosida