Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Uyda yolg‘iz» filmida Kevinning onasi rolini ijro etgan aktrisa vafot etdi
Ketrin O’Xara «Uyda yolg‘iz» filmida Kevinning onasi Keyt Makkallister roli orqali mashhurlikka erishgan. U «Emmi», «Oltin globus» va ikki marta Kinoaktyorlar gildiyasi mukofotini olgan.
Foto: Getty Images
Mashhur «Uyda yolg‘iz» filmida Kevin Makkalisterning onasi rolini ijro etgan aktrisa Ketrin O’Xara 71 yoshida vafot etdi. Bu haqda Variety jurnaliga uning menejeri xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, aktrisa 30 yanvar kuni Los-Anjyelesdagi uyida vafot etgan. Aktrisaning o‘limi sababi ma’lum qilinmagan.
Ketrin O’Xara 1954 yil 4 martda Toronto shahrida tug‘ilgan. Faoliyatini 1970-yillarda multfilmlarga ovoz berishdan boshlagan. Aktrisa teleekranlarda ilk bor 1979 yilda «Canada After Dark» shousi orqali ko‘rinish bergan.
1976 yilda The Rimshots filmida to‘liq rol ijro etgan aktrisa 1985 yilda «Ishdan so‘ng», 1988 yilda «Bitljus» filmlarida ishtirok etgan.
Ammo Ketrin O’Xara «Uyda yolg‘iz» filmida Kevinning onasi Keyt Makkallister roli orqali mashhurlikka erishgan. U «Emmi», «Oltin globus» va ikki marta Kinoaktyorlar gildiyasi mukofotini olgan.