Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqanddagi YTH oqibatida velosipedchi halok bo‘ldi
Samarqand viloyati Toyloq tumanida avtomobil yo‘lida harakatlangan velosipedchini avval Isuzu yuk mashinasi urib ketgan, so‘ng Damas bosib o‘tgan.
Samarqand viloyatining Toyloq tumanida o‘lim bilan yakunlangan yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati Kun.uz’ga ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, 2026 yil 29 yanvar kuni soat 18:20 atrofida Toyloq tumanining “Jumabozor” MFY hududidan o‘tuvchi D-069 avtomobil yo‘lining 12-kilometrida, Toyloq-Urgut yo‘nalishida harakatlanayotgan velosipedchini shu yo‘nalishda kelayotgan Isuzu rusumli yuk avtomobili urib yuborgan.
Zarba oqibatida velosipedchi yo‘lga yiqilgan. Shu paytda orqadan kelayotgan Damas rusumli transport vositasi uni bosib ketgan.
Hodisa oqibatida fuqaro voqea joyida halok bo‘lgan.
Mazkur holat yuzasidan Toyloq tumani IIB tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Viloyat YHXB barcha yo‘l harakati ishtirokchilarini harakat qoidalariga qat’iy amal qilishga chaqirdi.
Mavzuga oid
09:30
Toshkentda Lacetti va BYD to‘qnashuvi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi
18:17 / 15.06.2026
“Suv ichaman deb chalg‘idim” – Navoiyda YTHga uchragan avtobus haydovchisi 10 yilga qamaldi
14:23 / 15.06.2026
Samarqandda Damas haydovchisi YTH sodir etib, mashinadan tushib qoldi
15:55 / 13.06.2026