O‘zbekiston | 10:56
758
1 daqiqa o‘qiladi

Tog‘li hududlarda qor ko‘chishi xavfi e’lon qilindi

2026 yil 5–9 fevral kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik va havo haroratining o‘zgarishi munosabati bilan O‘zbekistonning bir qator tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi yuzaga kelishi mumkin. 

Foto: Kun.uz

Tezkor gidrometeorologik ma’lumotga ko‘ra, 5–9 fevral kunlari respublika bo‘ylab ayrim hududlarda yog‘ingarchilik kuzatilishi, shuningdek, havo harorati keskin o‘zgarishi kutilmoqda. Shu munosabat bilan qator viloyatlarning tog‘li tumanlarida qor ko‘chishi xavfi e’lon qilindi.

Jumladan,

  • Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod, Kitob, Qamashi va Shahrisabz tumanlari;
  • Surxondaryo viloyatining Boysun, Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo va Uzun tumanlari;
  • Samarqand viloyatining Nurobod, Qo‘shrabot, Samarqand va Urgut tumanlari;
  • Jizzax viloyatining Baxmal va Zomin tumanlari;
  • Toshkent viloyatining Bo‘stonliq, Parkent, Ohangaron tumanlari (Chotqol tizmasi tog‘lari);
  • Namangan viloyatining Pop tumanida qor ko‘chishi xavfi mavjud.

Mutasaddi idoralar tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda mazkur yo‘nalishlarda harakatlanayotgan haydovchilarni ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishga, ob-havo ma’lumotlarini kuzatib borishga va xavfli hududlarga borishdan tiyilishga chaqirmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров

Mavzuga oid