O‘zbekiston | 11:30
1841
2 daqiqa o‘qiladi

Hafta oxirida harorat ko‘tarilishi kutilmoqda

O‘zbekistonda dam olish kunlari yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Yakshanba kuni harorat kechasi +5…+10, kunduzi +17…+22 daraja atrofida bo‘ladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin.

Foto: Kun.uz

O‘zbekistonda dam olish kunlari yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, deya xabar bermoqda O‘zgidromet.

Juma kunduzi O‘zbekistonning aksariyat viloyatlarida beqaror ob-havo saqlanib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Faqat respublikaning shimoli-g‘arbiy hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Kechasi yog‘ingarchilik asta-sekin sharq tomonga siljiydi. Faqat markaziy va sharqiy hududlar bo‘yicha, shuningdek, respublikaning eng chekka janubida kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘ishi saqlanib turadi.

Dam olish kunlari havo harorati ko‘tariladi, xususan, yakshanba kuni +17…+22 darajagacha bo‘ladi. Kechalari harorat +5…+10 daraja atrofida bo‘ladi.

Shamol 7–12 metr/soniya tezlikda esadi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi ham bor.

Toshkent shahrida juma kunining ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi, harorat +10…+12 daraja bo‘ladi. Shanba kuni kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘adi, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Yakshanba kuni yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Harorat asta-sekin +17…+20 darajagacha ko‘tariladi.

Harorat asosan kechalari +6…+9 daraja bo‘ladi. Shamol 3–8 metr/soniya telikda esadi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin.

Mavzuga oid