Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pentagon dronlarni elektromagnit impuls yordamida ishdan chiqarish yo‘lini topdi
Foto: Courtesy of RTX
AQShning Arizona shtatidagi Yuma poligonida o‘tkazilgan mashg‘ulotlar davomida dronlarni elektromagnit impuls yordamida ishdan chiqaradigan dron muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazildi.
An’anaviy havo mudofaa tizimlari har biri yuz minglab dollar turadigan raketalarga tayanadi va bitta raketa faqat bitta nishonni yo‘q qiladi. Ko‘psonli dronlar hujumi hatto eng zamonaviy batareyalarning ham raketa zaxirasini tugatib qo‘yishi mumkin. Bunday dronlarni tayyorlash esa atigi bir necha ming dollarga tushadi.
Raytheon kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan Coyote Block 3 droni tahdidni aniqlab, zarba berish haqida qaror qabul qiladi va nishonlarni havodayoq neytrallashtiradi.
Coyote dastlab elektr dvigatelli razvedka droni bo‘lgan. Block 2 versiyasi esa to‘qnashuv yoki portlash orqali dushman dronlarini yo‘q qiladi. Hozirgi Block 3 modifikatsiyasi oldingi versiyaning turboreaktiv dvigateli va uchish xususiyatlarini saqlab qolgan, ammo jangovar qism o‘rniga energetik qurol o‘rnatilgan. Yangi dron nishonni portlatish o‘rniga uning elektronikasini ishdan chiqaradi. Shuningdek, jangovar vazifadan so‘ng uni to‘r yordamida tutish, ta’mirlash va qayta parvozga tayyorlash mumkin.
Dronning ixchamligi unga nishonga yaqin masofaga borish imkonini beradi. U og‘irligi 600 kilogrammgacha bo‘lgan, yuqori balandlik va tezlikda harakatlanayotgan dronlarni ham yo‘q qila oladi.
Mavzuga oid
15:21 / 05.03.2026
Iroqdagi Eron kurd muxolifati shtabiga dron zarba berdi
13:21 / 04.03.2026
OAV: Ukraina frontda nemis “mini-Taurus”larini ommaviy qo‘llayapti
14:55 / 03.03.2026
Saudiyadagi yirik neft zavodi dron zarbasidan so‘ng ishini to‘xtatdi
16:27 / 02.03.2026