Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hilola Umarova PA o‘rinbosari lavozimidan ketdi
Hilola Umarova Prezident administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi. U boshqa ishga o‘tmoqda. Umarovaning o‘rnini Ilhom Sirojyev egalladi.
O‘zbekiston prezidentining tegishli farmoni bilan Hilola O‘ktamovna Umarova Prezident administratsiyasi (PA) rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
U boshqa ishga o‘tayotgani qayd etilgan.
Hilola Umarova 2020–2022 yillarda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktori sifatida ishlagan, 2022 yildan maktabgacha va maktab ta’limi vazirligini boshqargan. 2025 yil iyul oyida PA rahbari o‘rinbosari etib tayinlangandi.
Uning o‘rniga Ilhom Tohirovich Sirojyev Prezident administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Ilhom Sirojyev 2025 yil sentabr oyidan beri prezident administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari bo‘linmasi loyiha koordinatori lavozimida ishlayotgandi.
U 2006–2017 yillarda Toshkent shahri xalq ta’limi bosh boshqarmasi, Toshkent shahri o‘quvchilar texnik ijodiyot markazida turli vazifalarda, 2017–2023 yillarda Xalq ta’limi vazirligi bosh iqtisodchisi, Moliyalashtirish, buxgalteriya hisobi va hisoboti boshqarmasi boshlig‘i, Moliyaviy tahlil va rejalashtirish boshqarmasi boshlig‘i, Moliya departamenti direktori lavozimlarida mehnat qilgan.
U pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), «Ta’limda menejment» yo‘nalishi bo‘yicha dotsent ilmiy unvoniga ega.
Mavzuga oid
11:10 / 08.06.2026
Nodavlat ta’lim muassasalari qonunbuzilish xavfi bo‘yicha baholanadi
13:43 / 02.06.2026
“Davlat maktablarining asosiy vazifasi bolalarni ma’lum vaqt ushlab turish bo‘lib qoldi” – Hamid Sodiq
08:38 / 02.06.2026
Germaniyada o‘zbekistonlik yoshlar uchun maxsus ta’lim dasturlari yo‘lga qo‘yiladi
16:49 / 30.05.2026