Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda farzandini 7-qavatdan chiqargan ayolning ruhiy holati tekshiriladi
Ayol voyaga yetmagan farzandini 7-qavat derazasidan chiqarib, telefoniga tasvirga olgan hamda videoni ijtimoiy tarmoqqa joylagan.
Ijtimoiy tarmoqlarda noma’lum ayol o‘z farzandi hayotini xavfga solib, 7-qavat derazasidan tashqariga chiqargani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan Toshkent IIBB izoh berdi.
Qayd qilinishicha, Toshkent shahrining Yangihayot tumani, Yangi Choshtepa mahallasida yashovchi, 2001 yilda tug‘ilgan N.K. voyaga yetmagan farzandini 7-qavat derazasidan chiqarib, telefoniga tasvirga olgan hamda videoni ijtimoiy tarmoqqa joylagan.
Ta’kidlanishicha, hozir N.K. ruhiy holatini tekshirish maqsadida, ruhiy-asab kasalliklar shifoxonasiga yuborilgan.
Uning farzandiga zarar yetmagani hamda u yaqin qarindoshi qaramog‘iga topshirilgani aytilmoqda.
Holat yuzasidan Yangihayot tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv boshlangan.
Mavzuga oid
15:47 / 25.06.2026
Toshkentda tug‘uruqqa sog‘lom kirgan 21 yoshli ayol ikki oydan buyon og‘ir ahvolda
12:29 / 25.06.2026
Toshkentda yong‘inga qarshi alohida rejim: nimalar qilinadi?
10:25 / 18.06.2026
Toshkentning yangi xalqaro aeroportini qurish bo‘yicha DXSh bitimi imzolandi
11:35 / 17.06.2026