Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 10:45 / 21.02.2026
1329
1 daqiqa o‘qiladi
Tog‘li hududlarda qor ko‘chishi xavfi e’lon qilindi
Gidrometeorologiya xizmati agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 21–22 fevral kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik va havo harorati o‘zgarishi sabab respublikaning ayrim tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi yuzaga kelishi mumkin.
Foto: Kun.uz
Xususan, quyidagi hududlarda xavf yuqori ekani qayd etilgan:
- Qashqadaryo viloyati: Dehqonobod, Kitob, Qamashi, Shahrisabz tumanlari;
- Surxondaryo viloyati: Boysun, Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo, Uzun tumanlari;
- Samarqand viloyati: Nurobod, Qo‘shrabot, Samarqand, Urgut tumanlari;
- Jizzax viloyati: Baxmal, Zomin tumanlari;
- Toshkent viloyati: Bo‘stonliq, Parkent, Ohangaron tumanlari (Chotqol tizmasi tog‘lari);
- Namangan viloyati: Pop tumani.
Shu munosabat bilan tog‘oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda ushbu hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish so‘ralgan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish