Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Suma Chakrabartini qabul qildi
23 fevral kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev iqtisodiy taraqqiyot, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchi Suma Chakrabartini qabul qildi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Uchrashuvda maslahatchining “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan faoliyatining asosiy yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Xususan, xotin-qizlarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish, umumta’lim muassasalari salohiyatini oshirish, shuningdek, investorlar bilan strategik kommunikatsiyani rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, iqtisodiy islohotlar, davlat boshqaruvi va ta’lim sohalarida ilg‘or xalqaro tajriba hamda strategik rejalashtirish amaliyotini izchil joriy etish muhimligi ta’kidlandi.

Uchrashuvda xalqaro maydonda O‘zbekistonning investitsiya salohiyatini targ‘ib qilish ishlarini yanada kengaytirish masalasiga ham to‘xtalib o‘tildi.
Mavzuga oid
11:34 / 26.02.2026
Xalqaro fan olimpiadalarida oltin medal olgan yoshlarga 1 mlrd so‘mdan ortiq mukofot to‘lanadi
09:30 / 26.02.2026
Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatiga tashrif buyuradi
20:15 / 25.02.2026
Prezident sanoat korxonalari quvvatini oshirib, 2 mingta yuk vagoni ishlab chiqarishni buyurdi
17:44 / 25.02.2026