Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mirzo Ulug‘bek tumanida ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘ldi
Bugun, 3 mart kuni soat 03:26 da Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumani, Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uydagi xonadonlarning birida yong‘in sodir bo‘lgani to‘g‘risida Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasiga xabar kelib tushdi.
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Qutqaruv ekipajlari voqea joyiga 8 daqiqa ichida yetib borib, yong‘inni qisqa vaqt ichida bartaraf etdi. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar qayd etilmadi.
Ma’lum qilinishicha, qutqaruv bo‘linmalari soat 03:34 da manzilga yetib borgan va soat 03:40 da yong‘in to‘liq o‘chirilgan. Tezkor va muvofiqlashtirilgan harakatlar tufayli yong‘inning boshqa xonadonlarga tarqalishining oldi olingan.
Aniqlanishicha, to‘rt qavatli uyning ikkinchi qavatida joylashgan xonadonda taxminan 10 kv m maydonda uy jihozlari yonib zararlangan.
Hodisa oqibatida halok bo‘lganlar va tan jarohati olganlar yo‘q. Ayni paytda yong‘in kelib chiqish sabablari va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Mavzuga oid
09:10 / 24.03.2026
Ayrim ko‘chalarda avtoulovlar harakatiga vaqtincha o‘zgarish kiritiladi
23:25 / 22.03.2026
Bo‘stonliq tumanida “Nexia-2”da yong‘in sodir bo‘ldi
11:05 / 17.03.2026
Mirzo Ulug‘bek tumanida ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘ldi
08:51 / 16.03.2026