Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston prezidentining Iordaniyaga tashrifi kutilmoqda
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4 mart kuni Iordaniya Hoshimiylar podshohligi podshohi Abdulla II ibn al-Husayn bilan telefon orqali muloqot qildi. Suhbat davomida Yaqin Sharqdagi vaziyat hamda ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Muloqot chog‘ida so‘nggi kunlarda Yaqin Sharq mintaqasida kuzatilayotgan jarayonlarning keskin tus olishi mintaqaviy xavfsizlik, barqarorlik va davlatlararo munosabatlarga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani ta’kidlandi.
Tomonlar butun musulmon ummati uchun muqaddas bo‘lgan Ramazon oyida mamlakatlar suvereniteti, fuqarolar tinchligi va osoyishtaligiga xavf tug‘diradigan har qanday xatti-harakatlarni zudlik bilan to‘xtatish, mavjud nizo va muammolarni tinch hamda diplomatik yo‘llar bilan hal etish zarurligini qayd etdilar.
Davlat rahbari ushbu sinovli damlarda Iordaniya rahbariyati va xalqi bilan yakdil va birdam ekanini ta’kidladi. O‘z navbatida, podshoh Abdulla II samimiy qo‘llab-quvvatlash va hamjihatlik so‘zlari uchun prezidentga minnatdorlik bildirdi.
Shuningdek, suhbat davomida yaqin istiqbolda Amman shahriga rejalashtirilayotgan O‘zbekiston prezidentining oliy darajadagi tashrifi yuksak saviyada va sermahsul o‘tishiga ishonch bildirildi.
Mavzuga oid
22:27 / 14.04.2026
Prezident neft-gaz tarmog‘ida ishlab chiqarish barqarorligini ta’minlashni buyurdi
19:05 / 14.04.2026
“Aslida bu – korrupsiya!” - Shavkat Mirziyoyev qurilish qilish uchun berilgan arizalarning ko‘p rad etilishi haqida
17:02 / 14.04.2026
Qariyb 20 million odam shaharlarda yashamoqda – prezident mamlakatdagi urbanizatsiya darajasi haqida
22:31 / 13.04.2026