Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"Yangi daraxt - yangi nafas" respublika ekochempionati o‘tkaziladi
Unda o‘quvchilar, talabalar, davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari hamda 18 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan barcha fuqarolar ishtirok etishlari mumkin.
Joriy yilning 10 mart kuni "Yangi daraxt — yangi nafas" respublika ekochempionati o‘tkaziladi.
Unda o‘quvchilar, talabalar, davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari hamda 18 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan barcha fuqarolar ishtirok etishlari mumkin.
Ekochempionat "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida "2030 yilgacha bo‘lgan davrda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish konsepsiyasi"da belgilangan vazifalarni bajarish, O‘zbekistonda daraxt ko‘chatlarini ekish orqali iqlim o‘zgarishi va uning oqibatlarini yumshatish, aholi, jumladan, yoshlar o‘rtasida daraxt ko‘chatlarini ekish tadbirlarini ommalashtirish, aholi orasida daraxt ekish tadbirlarini milliy qadriyat sifatida targ‘ib qilish, insonlarning ko‘chat ekish bo‘yicha bilim va tajribasini oshirish hamda ekologik madaniyatni shakllantirish maqsadida tashkil etilmoqda.
Chempionatda qatnashish istagida bo‘lgan fuqarolar hududiy Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmalariga murojaat qilishlari mumkin.
Chempionat haqida to‘liq ma’lumotni ushbu havola orqali olish mumkin.
Mavzuga oid
13:40 / 20.05.2026
Toshkent shahar hokimi daraxtlar kesilishiga munosabatini aytdi
09:22 / 06.05.2026
Xitoy 78 milliard tup daraxt ekdi, ammo endi buning salbiy oqibatlarini ko‘rmoqda
12:23 / 09.04.2026
Yangiyo‘lda 121 ta daraxt noqonuniy kesilgani aniqlandi
18:28 / 30.03.2026