Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2 maydan Toshkent-Xiva yo‘nalishida tezyurar poyezd qatnovi boshlanadi
18 mart kuni prezident Shavkat Mirziyoyev jamoatchilik vakillari bilan birga O‘zbekistonga keltirilgan yangi «Hyundai Rotem» tezyurar poyezdida Samarqanddan Narpay tumaniga bordi.
2 maydan Toshkent—Xiva yo‘nalishidagi “Jaloliddin Manguberdi” tezyurar poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladi, deb xabar qildi jurnalist Mahliyo To‘raboyeva bosh vazir o‘rinbosari Ochilboy Ramatovga tayanib.
“Bugun Prezidentimiz va samarqandlik faollar bilan Narpayga test rejimida harakatlanayotgan “Jaloliddin Manguberdi” poyezdida borib keldik. Yangi, juda shinam va zamonaviy poyezd ekan.
Bosh vazir o‘rinbosari Ochilboy Ramatovning biz jurnalistlarga aytishicha, “Jaloliddin Manguberdi” tezyurar poyezdi 2 maydan Toshkent-Xiva yo‘nalishida reyslarni yo‘lga qo‘yar ekan”, deb yozdi u o‘z Telegram-kanalida.
18 mart kuni prezident Shavkat Mirziyoyev jamoatchilik vakillari bilan birga O‘zbekistonga keltirilgan yangi «Hyundai Rotem» tezyurar poyezdida Samarqanddan Narpay tumaniga bordi.
«Buyuk sarkarda Jaloliddin Manguberdi nomi bilan atalgan ushbu poyezd mamlakatimizga yetkazib berilishi rejalashtirilgan oltita “Hyundai Rotem” poyezdlaridan birinchisi. Poyezd yetti vagondan iborat, soatiga 260 kilometrgacha tezlikda harakatlana oladi.
Oynalari qoraytirilgan oq rangli tarkib O‘zbekiston bayrog‘ini eslatuvchi moviy, yashil va qizil rangli chiziqlar hamda “Jaloliddin Manguberdi” yozuviga ega. Poyezdning uzunligi 175 metrni, sig‘imi esa uchta – VIP, biznes va ekonom toifalarida 390 nafarga yaqin yo‘lovchini tashkil etadi.
Poyezd O‘zbekiston iqlimi uchun maxsus ishlab chiqilgan bo‘lib, changga, juda yuqori va juda past haroratlarga hamda qum bo‘ronlariga chidamli tizimlar bilan jihozlangan, uzoq masofalarga mo‘ljallangan», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Qayd etilishicha, Toshkent – Urganch – Xiva yo‘nalishi bo‘ylab qatnay boshlashi rejalashtirilgan «Jaloliddin Manguberdi» poyezdining qatnov vaqti 7 soatni tashkil etishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
09:10
AES narxi ochiqlandi, yirik pudrat sxemasi fosh bo‘ldi - hafta dayjesti
21:03 / 06.06.2026
Toshkentda avtobus orqaga yurayotgan payti piyodani bosib ketdi
17:12 / 05.06.2026
“Toshkentni dunyodagi eng qulay shaharlardan biriga aylantiramiz” – hokim Shavkat Umrzoqov bilan suhbat
08:41 / 05.06.2026