Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ramazon hayiti munosabati bilan Shavkat Mirziyoyev nomiga qutlovlar kelmoqda
Tabriknomalarda ko‘p millatli O‘zbekiston xalqiga tinchlik, totuvlik, farovonlik va ravnaq tilaklari izhor etilib, mamlakatimiz bilan do‘stona munosabatlar va o‘zaro manfaatli sheriklikni yanada mustahkamlash va kengaytirishga intilish qat’iy ekani bildirilgan.
Foto: Prezident matbuot xizmati
“Butun musulmon ummati uchun muqaddas bo‘lgan, ruhiy poklik, mustahkam imon, mehr-oqibat, rahm-shafqat, birodarlik va birdamlik kabi yuksak qadriyatlarni o‘zida mujassam etgan Ramazon oyi hamda muborak Iyd al-Fitr bayrami munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar va hukumatlar, yirik xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlari, taniqli din va jamoat arboblaridan samimiy qutlovlar kelmoqda”, deb xabar berdi O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati.
Xususan, quyidagilar o‘z tabriklarini yo‘llagan:
- Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saud;
- Saudiya Arabistoni Valiahdi, Vazirlar Mahkamasi Raisi Muhammad bin Salmon bin Abdulaziz Ol Saud;
- Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejyep Tayyip Erdog‘an;
- Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev;
- Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov;
- Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon;
- Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov;
- Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev;
- Qozog‘iston Respublikasining birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyev;
- Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon;
- Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay amirligi hokimi Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum;
- Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti Shayx Mansur bin Zoid Ol Nahayon;
- Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi;
- Eron Islom Respublikasi Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon;
- Pokiston Islom Respublikasi Prezidenti Asif Ali Zardoriy;
- Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Shahboz Sharif;
- Kuvayt Davlati Amiri Shayx Mish’al al-Ahmad al-Jobir as-Saboh;
- Kuvayt Davlati Valiahdi Shayx Saboh al-Holid al-Hamad as-Saboh;
- Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Podshohi Abdulla II;
- Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi;
- O‘mon Sultoni Haysam bin Toriq Ol Said;
- Bahrayn Podshohi Shayx Hamad bin Iso al-Xalifa;
- Jazoir Xalq Demokratik Respublikasi Prezidenti Abdulmajid Tabbun;
- Falastin Davlati Prezidenti Mahmud Abbos;
- Liviya Davlati Prezident kengashi rahbari Muhammad Yunus al-Manfi;
- Afg‘oniston Bosh vaziri Mulla Muhammad Hasan Oxund;
- Komor orollari Ittifoqi Prezidenti G‘azaliy Usmoniy;
- Isroil Davlati Prezidenti Itsxak Gersog;
- Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti (UNESCO) bosh direktori Holid al-Ananiy;
- Shanxay hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Nurlan Yermekbayev;
- Shanxay hamkorlik tashkiloti Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qo‘mitasi direktori Ularbek Sharsheyev;
- Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev;
- Turkiy davlatlar tashkiloti Oqsoqollar kengashi raisi Binali Yildirim;
- Islom hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Husayn Ibrohim Toha;
- Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha islom tashkiloti (ICESCO) bosh direktori Salim al-Malik;
- Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Asad Xon;
- Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi bosh kotibi Jasim Muhammad al-Budayviy;
- Kavkaz musulmonlari idorasi raisi Shayxulislom Ollohshukur Poshozoda,
- Al-Azhar majmuasi rahbari Ahmad at-Toyib.
Tabriknomalarda ko‘p millatli O‘zbekiston xalqiga tinchlik, totuvlik, farovonlik va ravnaq tilaklari izhor etilib, mamlakatimiz bilan do‘stona munosabatlar va o‘zaro manfaatli sheriklikni yanada mustahkamlash va kengaytirishga intilish qat’iy ekani bildirilgan.
Tabriklar kelishda davom etmoqda.