Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Zamin qurilish”ning “Rohat” turar-joy majmuasi mas’ullari qamoqqa olindi
Jabrlanuvchilar 200 nafardan ortiq. Hozirgacha aniqlangan zarar 50 mlrd so‘mdan oshadi.
Toshkent shahrining Yashnobod tumanida qurilayotgan “Rohat” turar-joy majmuasi mas’ullariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Kun.uz’ning ichki ishlar organlaridagi manbasi xabar berdi.
Unga ko‘ra, qurilish firmasi rahbari hamda sotuv bo‘limi boshlig‘i qamoqqa olingan. Ular juda ko‘p miqdorda firibgarlik jinoyatini sodir etganlikda gumonlanmoqda. Jabrlanuvchilar 200 nafardan ortiq. Hozirgacha aniqlangan zarar 50 mlrd so‘mdan oshadi.
Kun.uz’da mavjud hujjatlarga ko‘ra, “Rohat” turar-joy majmuasi “Broccoli Plus” MChJ tomonidan qurilmoqda. 2020 yil mart oyida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan MChJ rahbari Shohbozmirzo Hojiyev, ta’sischilari esa Sadullo Nasulloyev hamda Aslbek Karimov hisoblanadi.
Fuqarolarga sotilgan “Rohat” turar-joy majmuasi avvalroq qurilish firmasining bank oldidagi 5,5 mln dollar kredit qarzdorligini so‘ndirish uchun sud qaroriga asosan auksionga chiqarilgani aniqlangandi. Endilikda mazkur turar joy majmuasidan ulush kiritish asosida xonadon sotib olgan yuzlab xaridor “dom” auksionda sotilsa, yangi ega uylarni boshqa xaridorlarga sotib yuborishidan xavotirda.
Mavzuga oid
14:27 / 20.05.2026
Ko‘chmas mulk bo‘yicha soliqni bozor narxi asosida hisoblash tartibi belgilandi
13:40 / 20.05.2026
Toshkent shahar hokimi daraxtlar kesilishiga munosabatini aytdi
08:54 / 20.05.2026
O‘zbekiston “Qambarota-1” GES qurilishida ishtirokini kengaytirmoqda
12:11 / 15.05.2026