Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abduqodir Husanov Angliyadagi ilk sovrinini qo‘lga kiritdi
“Manchester Siti” to‘qqizinchi bor Angliya Liga kubogi sohibi bo‘ldi. O'Rayli “Arsenal” darvozasiga to‘rt daqiqa ichida ikkita gol kiritib, dubl muallifiga aylandi.
Angliya ligasi kubogi, final
«Arsenal» – «Manchester Siti» 0:2
Gollar: O`Rayli, 60 (0:1). O`Rayli, 64 (0:2)
«Arsenal»: Arrisabalaga, Saliba, Gabriel Magalyayns, Inkapiye (Kalafiori, 65), Uayt (Gabriel Jyezus, 82), Subimendi, Rays, Havers (Madueke, 66), Trossar (Martinelli, 82), Saka, Yokeresh
«Manchester Siti»: Trafford, Ake, Husanov, O`Rayli, Mateus Nunes, Rodri, Sherki (Foden, 90), Bernardu Silva, Doku, Semenyo, Holand
Ogohlantirishlar: Inkape, 16. Arrisabalaga, 51. Uayt, 69 – Husanov, 32
Londondagi “Uembli” stadionida “Arsenal” va “Manchester Siti” jamoalari Angliya Liga kubogi final bahsi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvning birinchi bo‘limida hisob ochilmadi.
O'Rayli 60-daqiqada “Manchester Siti”ni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 64-daqiqada “Arsenal” darvozasiga ikkinchi golini kiritdi.
“Shaharliklar”ning o‘zbekistonlik himoyachisi Abduqodir Husanov uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi va to‘liq harakat qildi. U 32-daqiqada Yokereshga nisbatan ishlatgan qo‘polligi uchun sariq kartochka oldi.

“Arsenal”ni 2:0 hisobida mag‘lub etgan “Manchester Siti” to‘qqizinchi bor Angliya Liga kubogi sohibi bo‘ldi.
Mavzuga oid
19:00 / 29.06.2026
Enso Mareska "Manchester Siti"ga bosh murabbiy etib tayinlandi
14:53 / 19.06.2026
JChda 8-kun. Husanov operatordan uzr so‘radi, Shveytsariyada yangi yulduz porladi
18:11 / 03.06.2026
Abduqodir Husanov APLda transfer narxi eng ko‘p oshgan futbolchilar o‘ntaligiga kirdi
12:01 / 25.05.2026