Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Polshada O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi
Polshaning Jyerardov shahrida joylashgan tibbiyot muassasasida O‘zbekiston fuqarosining vafot etgani ma’lum qilindi.
O‘zbekiston elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, 1993 yilda Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida tug‘ilgan fuqaro virusli infeksiya asoratida rivojlangan o‘tkir nafas yetishmovchiligi oqibatida vafot etgan.
Qayd etilishicha, ushbu holat sud-tibbiy ekspertiza xulosasida ham tasdiqlangan. Unga ko‘ra, organizmda kislorod yetishmovchiligi yuzaga kelib, o‘pka faoliyati hamda qon aylanishi tizimida jiddiy buzilishlar kuzatilgan.
Elchixona diplomatlari marhumning jasadini vatanga qaytarish bo‘yicha zarur tashkiliy ishlarini amalga oshirgan. Jumladan, sanitariya-epidemiologiya va aeroport xizmatlaridan tegishli ruxsatlar olinib, barcha hujjatlar rasmiylashtirilgan.
Ma’lum qilinishicha, jasadni O‘zbekistonga olib kelish bilan bog‘liq barcha xarajatlar ish beruvchi tomonidan qoplangan.
Hozirgi vaqtda marhum jasadini 25–26 mart kunlari vatanga qaytarish bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
10:45 / 29.06.2026
Germaniya Polshaga 300 mln yevrogacha tovon to‘lashi mumkin
18:53 / 28.06.2026
Dubayda og‘ir ahvolga tushib qolgan oila O‘zbekistonga qaytarildi
16:09 / 21.06.2026
Kiyev va Varshava o‘rtasida – «ordenlar urushi» ketmoqda
20:37 / 16.05.2026