Asosiy vaqtda hisob ochilmadi. Musobaqa formatiga koʻra, asosiy vaqtda gʻolib aniqlanmagach, penaltilar seriyasiga murojaat qilindi. Har ikki jamoa beshtadan zarba berib, faqat bir futbolchi adashdi. Venesuelalik Karlos Sosaning zarbasini Oʻzbekiston darvozaboni Abduvohid Neʼmatov qaytardi.
Shu tariqa Oʻzbekiston milliy jamoasi navbatdagi xalqaro oʻrtoqlik turniri gʻolibi boʻldi. Finalda ishonchli oʻyin koʻrsatgan Abduqodir Husanov turnirning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.