Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bosh konsulxona Turkiyada bo‘lib turgan o‘zbekistonliklarni ogohlantirdi
Bosh konsulxona pul evaziga Turkiyada bo‘lish hujjatlarini rasmiylashtirish va mo‘may daromadli ish, Amerika va Yevropa davlatlari vizalarini va’da qilayotgan firibgarlardan ehtiyot bo‘lishga hamda ayniqsa, ayol va yolg‘iz kishilarni rasmiy ruxsatnomasi bo‘lmagan taksi xizmatlaridan foydalanmaslikka chaqirgan.
O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulxonasi Turkiyadagi o‘zbekistonliklarni qator xavfsizlik talablariga rioya etishga chaqirdi.
“Kundalik turmushingizda sog‘liq va hayotingizga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan shubhali vaziyatlardan uzoqda bo‘ling. Ommaviy yig‘in va namoyishlarda qatnashishdan saqlaning, shuningdek, odamlar gavjum joylarda hushyorlikni yanada oshiring.
“Qonuniy huquq va manfaatlaringiz har qanday shaklda buzilsa, og‘ir yoki favqulodda holatga tushib qolsangiz zudlik bilan mahalliy huquq-tartibot organlariga 155 (Politsiya) yoki 156 (Jandarmeriya) qisqa raqamlari orqali, shuningdek, Bosh konsulxona 24/7 ishonch telefoniga murojaat eting”, deyiladi bosh konsulxona tomonidan.
Shuningdek, bosh konsulxona pul evaziga Turkiyada bo‘lish hujjatlarini rasmiylashtirish va mo‘may daromadli ish, shuningdek, Amerika va Yevropa davlatlari vizalarini va’da qilayotgan firibgarlardan ehtiyot bo‘lishga hamda rasmiy ruxsatnomasi bo‘lmagan taksi xizmatlaridan foydalanmaslikka (ayniqsa, ayol va yolg‘iz kishilar) chaqirgan.
Bosh konsulxona bog‘lanish uchun ishonch telefonini ham ko‘rsatgan: +90 212 909 08 04.
Mavzuga oid
17:32 / 19.06.2026
Turkiyada o‘ldirilgan o‘zbek ayollari: fojia qayerda boshlanyapti?
18:17 / 15.06.2026
Turkiyaning zilziladan jabrlangan Hatay viloyatida O‘zbekiston mahallasi ochildi
15:55 / 13.06.2026
Turkiyada 3 kunda 4 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
20:23 / 12.06.2026