Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Central Asian University klinik amaliyotining to‘laqonli simulyatsiyasi orqali tibbiy ta’limning noyob formatini joriy etmoqda
Central Asian University tibbiy ta’lim nafaqat nazariya, balki sog‘liqni saqlashning real tizimlarini ishga tushirishdan avval ularni ishlab chiqish, joriy etish va sinovdan o‘tkazish orqali ham yo‘lga qo‘yilishi mumkinligini amalda namoyish etmoqda.
Foto: Central Asian University
Central Asian University kampusi hududida faoliyat konsepsiyasi, bemorlarni yo‘naltirish, oqimlarni taqsimlash va asosiy bo‘linmalarning o‘zaro hamkorligi jihatidan real klinikaga maksimal darajada yaqinlashtirilgan diagnostika markazining to‘liq formatli modeli yo‘lga qo‘yilgan. Bu o‘quv konsepsiyasi emas, balki bugungi kunda faol ishlab chiqish bosqichida turgan bo‘lajak tizimning prototipidir.

Simulyatsiya sinovlari kuniga 1000 nafarga yaqin bemorni qabul qilish quvvatiga ega olti kunlik ish formatida o‘tkazilmoqda. Loyiha qurilayotgan Social diagnostik markaziga nisbatan 1:3 masshtabda amalga oshirilayotgan bo‘lib, bu alohida elementlarni emas, balki bo‘lajak tizimning ishlash mantig‘ini bir butun majmua sifatida sinovdan o‘tkazish imkonini beradi. Bunday ko‘lam real amaliyotga maksimal darajada yaqinlashtirilgan sharoitlarda yuqori yuklama, nostandart vaziyatlar, ortiqcha zo‘riqishlar, uzilishlar va bemorlarning o‘zgaruvchan xatti-harakatlarini qayta tiklash uchun zamin yaratadi.

Simulyatsiyaning maqsadi nafaqat ssenariylarni ishlab chiqish, balki navbatlar qaysi bosqichlarda paydo bo‘lishini, bemorlar oqimi qayerda uzilib qolishi mumkinligini, cheklangan vaqt sharoitida shifokorlar ishining sifati qanday bo‘lishini va oilaviy shifokorlarga qanday real yuklama tushishini aniq belgilashdan ham iboratdir. Universitet natijalarni tahlil qilishda ilmiy yondashuvni qo‘llaydi: barcha ma’lumotlar tizimlashtiriladi, o‘rganiladi va simulyatsiya yakunlari bo‘yicha CAU alohida ilmiy tadqiqot chop etishni rejalashtirmoqda.

Loyihaga yuzlab ishtirokchilar, jumladan, shifokor rolida ishlaydigan, bemorlarni real vaqtda qabul qiladigan, klinik ssenariylarda qatnashadigan va cheklangan vaqt ichida qaror qabul qiladigan CAU talabalari va rezidentlari jalb etilgan. Bunday yondashuv kuzatuvga asoslangan emas, balki amaliy tayyorgarlik shaklini yaratadi. Unda bo‘lajak mutaxassislar ta’lim bosqichining o‘zidayoq mavjud tizimning bir qismiga aylanadi.

“Bu men shu vaqtga qadar duch kelgan eng qimmatli va ilhomlantiruvchi ta’lim shakllaridan biridir. Simulyatsiya klinika faoliyati ichkaridan qanday yo‘lga qo‘yilganini yaqqol ko‘rish hamda shifokor mas’uliyatini nazariyada emas, amalda his etish imkonini beradi. Tez qaror qabul qilish, bemorlar bilan muloqot o‘rnata olish va jamoada ishlash naqadar muhim ekanini tushunib yetasan kishi. Bunday tajriba ta’lim jarayonini yanada mazmunli qiladi va bo‘lajak kasbingizga chindan ham yaqinlashtiradi. Shunchaki o‘qishni emas, balki ilk bosqichlardanoq haqiqiy tibbiyot muhitiga sho‘ng‘ishni istagan abituriyentlarga aynan shunday tayyorgarlik formatiga e’tibor qaratishni, albatta, tavsiya qilgan bo‘lardim”, - deya o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi Central Asian University tibbiyot maktabi talabasi Marlen Ibragimov.
Unda stressli va tanqidiy ssenariylarga alohida e’tibor qaratilgan. Simulyatsiya doirasida ish hajmining haddan tashqari ortib ketishi, belgilangan yo‘nalishlarning buzilishi, bemorlar oqimining keskin ko‘payishi va ish jarayonidagi uzilishlar modellashtiriladi. Shoshilinch diagnostika va tez yordamga alohida blok ajratilgan bo‘lib, unda xato qilishning bahosi vaqt va bemor hayoti bilan o‘lchanadigan sharoitlarda tezkor hamda aniq qarorlar qabul qilishni talab etadigan keskin holatlar va vaziyatlar qayta jonlantiriladi.

Barcha jarayonlar raqamlashtirilgan. Ma’lumotlar maxsus ishlab chiqilgan IT-infratuzilma hamda simulyatsiya loyihasi uchun yaratilgan yagona boshqaruv markazi orqali boshqariladi va tahlil qilinadi. Kutish vaqti, mutaxassislarning ish yuki, bemorlar oqimi va yo‘nalishlar samaradorligi kabi asosiy ko‘rsatkichlar real vaqt rejimida kuzatib boriladi. Bu nafaqat kelajakdagi modelning barqarorligini baholash, balki “Social” diagnostik markazi faoliyatini tashkil etish uchun amaliy tushunchalarni aniqlash imkonini ham beradi.

Bu nafaqat universitet, balki butun mintaqa uchun ham noyob va haqiqatan ham innovatsion loyihadir. Biz talabalar va rezidentlar sog‘liqni saqlashning real tizimiga maksimal darajada yaqinlashtirilgan sharoitda amaliy tajriba orttiradigan muhitni yaratmoqdamiz. Bunday simulyatsiyada ishtirok etish klinik tafakkurni, bosim ostida ishlash ko‘nikmasini, noaniqlik sharoitida qaror qabul qilish qobiliyatini va butun tizim mantiqini tushunishni shakllantiradi. Bu tibbiyot mutaxassislarini tayyorlashning tamomila yangi bosqichidir”, deya ta’kidladi CAU Tibbiyot maktabi dekani, doktor Murodbek Axrorov.

Ushbu loyiha mintaqa uchun tibbiyot kadrlarini tayyorlashda yangi bir mezon bo‘lib xizmat qiladi. Central Asian University nafaqat bo‘lajak shifokorlarni o‘qitibgina qolmay, ayni paytda boshqariladigan, raqamli va real amaliyotga asoslangan yangi avlod sog‘liqni saqlash modelini oldindan sinovdan o‘tkazadigan yondashuvni namoyish etmoqda.
Central Asian University (CAU) haqida
2019 yili O‘zbekistonda tashkil etilgan bo‘lib mamlakatdagi eng jadal rivojlanayotgan xususiy universitetlardan biri hisoblanadi. Universitet tibbiyot, stomatologiya, biznes, muhandislik, arxitektura va turizm sohalarida xalqaro ta’lim dasturlarini amalga oshiradi. Zamonaviy kampus, xalqaro tajribaga ega o‘qituvchilar va amaliyotga yo‘naltirilgan yondashuv CAUʼni turli mamlakatlar talabalari uchun jozibador qiladi.
Central Asian University Round University Ranking 2025 jahon reytingining TOP-1000 taligiga kirgan, THE Impact Rankings 2025 reytingda debyut qilgan hamda QS Stars xalqaro baholash tizimida 4 yulduzga sazovor bo‘lgan. Universitet, shuningdek, Science and Innovation Awards talqiniga ko‘ra O‘zbekistonning eng innovatsion oliy ta’lim muassasasi deb e’tirof etilgan va HE Higher Education Ranking 2026 talqiniga ko‘ra TOP-30 oliygohlar qatorida joy olgan. CAU Yevropa va AQSh universitetlari bilan qo‘shma ta’lim hamda tadqiqot loyihalarini amalga oshirib, xalqaro hamkorlikni rivojlantirmoqda va mintaqada zamonaviy oliy ta’lim modelini shakllantirmoqda.
Sayt: centralasian.uz
Instagram: @cauniversity.official
Telegram: t.me/centralasianuni
Call-markaz: +998 71 208 12 34
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
17:00 / 26.02.2026
Central Asian University mintaqadagi yirik texnologik tadbirda 17 mamlakat va 1 200 nafar ishtirokchini birlashtiradi
15:00 / 26.11.2025
CAU’da maktab o‘quvchilari hamda litsey va kollej bitiruvchilari uchun oliy o‘quv yurtiga tayyorgarlikning yangi shakli - Be Student dasturiga start berildi
09:00 / 29.10.2025
Toshkentda "Kelajak tibbiyoti 2025" yirik xalqaro tibbiyot olimpiadasi o‘tkaziladi
19:00 / 16.09.2025