Jamiyat | 21:09
1178
1 daqiqa o‘qiladi

«Qamchiq» dovonida yuk mashinasi yonib ketdi

Yong‘in oqibatida yuk avtomobilining saloni to‘liq va tirkamasi qisman yonib zararlangan.

Foto: FVV

«Qamchiq» dovonida «Iveko» yuk avtomobilida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV xabar berdi.

Ma’lumot berilishicha, 11 aprel kuni soat 15:43 da A-373 avtomobil yo‘lining «Qamchiq» dovonidan o‘tgan qismida «Toshkent-Vodiy» yo‘nalishida harakatlangan «Iveko» rusumli yuk avtomobilida yong‘in yuzaga kelganligi to‘g‘risida «Qamchiq» maxsus qutqaruv boshqarmasiga xabar kelib tushgan.

Qutqaruv bo‘linmasi soat 15:53 da yetib borgan va soat 16:00 da yong‘in o‘chirilgan.

Yong‘in oqibatida yuk avtomobilining saloni to‘liq va tirkamasi qisman yonib zararlangan.

Tezkor harakatlar natijasida yong‘indan yuk avtomobili tirkamasining taxminan 90 foiz qismi saqlab qolingan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.

Дилшодбек Асқаров
Tayyorlagan Дилшодбек Асқаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid