Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sindorov Karuana bilan durang o‘ynadi. U 2 ochkolik farq bilan peshqadamlikda davom etmoqda
Javohir Nomzodlar turnirining 11-turida amerikalik Fabiano Karuanaga qarshi qora donalarda o‘ynab, durang natija qayd etdi. Uning eng yaqin ta’qibchisi niderlandiyalik Anish Giri ham bu turda durang o‘ynagani hisobiga, Sindorov turnir yakuniga uchta tur qolganda 2 ochkolik farq bilan peshqadamlik qilishda davom etmoqda.
O‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindorov 11 aprel kuni Nomzodlar turnirining 11-turida amerikalik Fabiano Karuanaga qarshi qora donalarda o‘ynadi.
Bahs durang bilan yakunlandi. Sindorov birinchi davrada oq donalarda o‘ynab, dunyoning 3-raqamli shaxmatchisidan ustun kelgandi.
O‘zbekistonlik shaxmatchi ushbu turdan so‘ng 8,5 ochko bilan peshqadam bo‘lib turibdi. Uning eng yaqin ta’qibchisi, niderlandiyalik Anish Giri hisobida 6,5 ochko bor.
12-tur bahslari 12 aprel kuni bo‘lib o‘tadi. Unda Sindorov amerikalik Hikaru Nakamuraga qarshi dona suradi.
Nomzodlar turniri yakunlanishiga yana 3ta tur qoldi. Musobaqa g‘olibi 70 ming yevro mukofotni qo‘lga kiritadi va shaxmat toji uchun amaldagi chempion hindistonlik Gukesh Dommarajuga qarshi o‘ynash huquqini qo‘lga kiritadi.

Mavzuga oid
18:43 / 22.06.2026
O‘zbekiston shaxmat terma jamoasi blits bo‘yicha jahon chempionatida uchinchi bo‘ldi
18:55 / 20.06.2026
Nodirbek Abdusattorov jahon shaxmat reytingida eng yuqori uchtalikka kirdi
20:26 / 07.05.2026
Sindorov rapid shaxmatda Gukeshga yutqazdi
21:01 / 30.04.2026