Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston O‘zbekistonga neft yetkazib berishni boshlashi mumkin
Qozog‘iston Energetika vaziri so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston bilan bir qator yirik tashabbuslar, jumladan, neft-kimyo va qayta ishlash sohalarida muhokama qilinmoqda.
Foto: Shutterstock
Qozog‘iston Energetika vaziri Yerlan Akkenjyenov Ostonada bo‘lib o‘tgan MES-2026 mintaqaviy ekologik sammiti doirasida O‘zbekiston bilan hamkorlikni kengaytirish rejalari haqida gapirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlik tajriba almashish va o‘zaro qo‘llab-quvvatlashga asoslangan.
«Tajriba almashish va o‘zaro yordam - bularning barchasi amaliy vazifalarni hal etishga xizmat qiladi. Biz hamkorlarimiz bilan nafaqat energetika sohasida, balki iqtisodiyotning barcha sohalarida faol hamkorlik qilmoqdamiz», dedi vazir.
Uning ta’kidlashicha, O‘zbekiston bilan bir qator yirik tashabbuslar, jumladan, neft-kimyo va qayta ishlash sohalarida muhokama qilinmoqda.
«O‘zbekiston bilan juda ko‘p qo‘shma loyihalarimiz bor. Yaqinda prezidentning O‘zbekistonga tashrifi bo‘lib o‘tdi, unda ko‘plab tashabbuslar muhokama qilindi. Neft-kimyo sanoatini rivojlantirish va neftni qayta ishlash sohasini kengaytirish shular jumlasidandir», dedi vazir.
Energetika, jumladan, tranzit va resurslarni yetkazib berish sohasidagi hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha ham ishlar olib borilmoqda.
«Biz Rossiya gazining O‘zbekistonga tranziti, shuningdek, Rossiya neftini yetkazib berish masalalari bo‘yicha yaqindan ishlayapmiz. Bundan tashqari, Qozog‘iston mahsulotlarini, xususan, xom neft va neft mahsulotlarini O‘zbekistonga yetkazib berish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqdamiz», deb qo‘shimcha qildi Yerlan Akkenjyenov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, loyihalarning bir qismi allaqachon amaliy bosqichga o‘tgan.
«Ko‘plab loyihalar allaqachon amalga oshirish bosqichida. Umuman olganda, o‘zbekistonlik hamkorlar bilan juda yaqin hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan», dedi vazir.
Mavzuga oid
22:09 / 22.04.2026
Shavkat Mirziyoyev 2027–2029 yillarda Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi prezidenti etib saylandi
20:19 / 22.04.2026
Shavkat Mirziyoyev Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi ta’sischi davlatlari kengashida ishtirok etdi
17:25 / 22.04.2026
Shavkat Mirziyoyev Ostonada Mintaqaviy ekologik sammit ko‘rgazmasi bilan tanishdi
19:52 / 21.04.2026