O‘zbekiston | 11:22
854
2 daqiqa o‘qiladi

Hafta oxirida harorat ko‘tarilishi kutilmoqda

Dam olish kunlari O‘zbekistonning aksariyat hududlarida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Havo kunduz kunlari +28…+35 darajagacha isiydi. Ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ib o‘tishi ham mumkin.

Foto: Kun.uz

Dam olish kunlari respublika hududi bo‘yicha asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, deya xabar berdi O‘zgidromet.

Juma kunduzi O‘zbekiston bo‘yicha quruq va iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati +24…+27 daraja atrofida, respublika janubida va cho‘l hududlarida +29…+32 darajagacha bo‘ladi.

Shanba kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi shimolida va Farg‘ona vodiysida ba’zi joylarda, shuningdek, yakshanba kuni Toshkent viloyatida ayrim joylarda biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Shanba kuni kunduzi havo +28…+31 darajagacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda +32…+35 darajagacha isiydi. Yakshanba kuni aksariyat viloyatlar bo‘yicha havo harorati shu darajalar atrofida bo‘ladi. Faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida kunduzgi harorat +20…+23 darajagacha, Buxoro va Navoiy viloyatlarida esa +25…+28 darajagacha pasayadi.

24–25 aprel kunlari shimolda va cho‘l hududlarda, 26 aprelda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15–20 metr/soniyagacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Toshkent shahrida juma kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati +25…+27 daraja bo‘ladi. Shanba kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Yakshanba kuni kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, shamol tezligi 10–12 metr/soniyagacha kuchayadi. Dam olish kunlari havo harorati +27…+30 daraja atrofida bo‘ladi. Harorat asosan kechalari +14…+17 daraja bo‘ladi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid