Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik o‘quvchilar xalqaro biologiya olimpiadasida 11ta medalni qo‘lga kiritdi
Mintaqaviy xalqaro olimpiadalardagi medallar uchun oltin medal sohibiga - 4,944 mln. so‘m, o‘qituvchisiga - 20,6 mln. so‘m, kumush medal sohibiga - 3,296 mln. so‘m, o‘qituvchisiga - 14,42 mln. so‘m, bronza medal sohibiga - 2,472 mln. so‘m, o‘qituvchisiga - 12,36 mln. so‘m beriladi.
Namanganda Abu Ali ibn Sino nomidagi xalqaro biologiya olimpiadasi yakunlandi. Unda Turkiya, Tailand, Malayziya, Rossiya, Ozarbayjon, Belarus, Mo‘g‘uliston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston hamda O‘zbekistondan 94 nafar o‘quvchi ishtirok etdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi jami 11 ta medal (2 ta oltin, 3 ta kumush va 6 ta bronza)ni qo‘lga kiritdi.
Eng ko‘p oltin medal Rossiya vakillariga nasib etgan bo‘lsa (4ta), turkiyalik o‘quvchilar 3ta oltin medalga ega chiqishdi.


Mintaqaviy xalqaro olimpiadalardagi medallar uchun oltin medal sohibiga — 4,944 mln. so‘m, o‘qituvchisiga — 20,6 mln. so‘m, kumush medal sohibiga — 3,296 mln. so‘m, o‘qituvchisiga — 14,42 mln. so‘m, bronza medal sohibiga — 2,472 mln. so‘m, o‘qituvchisiga — 12,36 mln. so‘m beriladi.
Shuningdek, xalqaro va mintaqaviy xalqaro olimpiada sovrindorlari oliy ta’lim muassasalariga kirishda o‘z fanidan maksimal ballga ega bo‘ladi.
Mazkur olimpiada ilk bor 2024 yilda Buxoroda bo‘lib o‘tgandi. O‘shanda o‘zbekistonlik o‘quvchilar 12ta (3ta oltin, 3ta kumush va 6ta bronza) medalni qo‘lga kiritgan.


