Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvaga qish qaytdi – fotolar
Kuchli qor va yomg‘ir tufayli yuzlab daraxtlar yiqilgan, bu transport harakatiga ta’sir ko‘rsatgan.
Artem Geodakyan / TASS / Profimedia
Moskva shahri va Moskva oblastida ho‘l qor, muzlamalar va kuchli shamol tufayli «ob-havo xavfining to‘qsariq rangli darajasi» (oxirgisidan oldingi) e’lon qilingan. Hududda ob-havo 26 aprel kuni kechqurun yomonlasha boshlagan va dushanba tongida qor yog‘gan. Moskva shahrida oylik normaning yarmi bir necha soat ichida yog‘ib ulgurgan. Gidrometeorologiya markazi 27 aprel kuni oxirigacha Rossiya poytaxtiga 10 millimetrgacha yog‘in tushishini prognoz qilgan. Sinoptiklar qor yog‘ishi kuchayishini kutishmoqda. Noqulay ob-havo sharoiti tufayli Moskva shahri va Moskva oblastida 200 ga yaqin daraxt qulab, avtomobillarga va quvurlarga shikast yetkazgan. Moskva oblastining bir necha okruglarida elektr o‘chishi kuzatilgan. Daraxtlar yiqilishi oqibatida Moskvada avtobuslar marshrutlari o‘zgartirilgan. Xuddi shu sababga ko‘ra metroning Arbat-Pokrovskoy liniyasida ertalab «Partizanskaya» va «Shchelkovskaya» bekatlari oralig‘ida poyezdlar qatnovi to‘xtatilgan. Tunda esa Vnukovo aeroportida bir qancha reyslar kechiktirilgan, shuningdek Moskvaga keluvchi poyezdlar ikki soat kechikib yurgan. Hudud aholisi yo‘llardagi avariyalar haqida xabar bermoqda. Quyida aprel oyidagi qor tufayli Moskvada yuzaga kelgan manzaralar aks etgan suratlar keltiriladi.
Mavzuga oid
13:08 / 13.05.2026
Zelenskiydan troll-farmon, «muzlagan» front: urushda nima gap?
22:04 / 10.05.2026
Poytaxt aholisi va mehmonlari ogohlantirildi
18:34 / 07.05.2026
Bu yil Moskvadagi G‘alaba paradida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari qatnashmaydi
15:21 / 27.04.2026