Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Markaziy Osiyodagi tashqi harbiy ishtirokka qarshi chiqdi
Rossiya mudofaa vaziri Andrey Belousovning aytishicha, mintaqadan tashqaridagi kuchlarning Markaziy Osiyoda harbiy ishtirokiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.
Rossiya mudofaa vaziri Andrey Belousov Shanxay hamkorlik tashkilotiga (ShHT) a’zo davlatlar harbiy idoralari rahbarlarining yig‘ilishida ishtirok etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Moskva mintaqadan tashqaridagi davlatlarning Markaziy Osiyoda harbiy ishtirokini ta’minlash va u yerda logistika muammolarini hal qilish istagini qabul qilib bo‘lmaydi.
«Biz mintaqadan tashqaridagi davlatlarning Markaziy Osiyoda harbiy ishtirokini ta’minlash va logistika muammolarini hal qilish urinishlarini diqqat bilan kuzatib bormoqdamiz. Buni nomaqbul deb hisoblaymiz», dedi u.
U Rossiya tomonining Suriya, Livan, Afg‘onistondagi vaziyat, shuningdek, G‘azo sektoridagi gumanitar falokatdan jiddiy xavotirda ekanini ta’kidladi.
Mavzuga oid
21:48 / 03.07.2026
Ukraina Rossiyani tinchlikka majburlash operatsiyasini boshladi - NYT
21:11 / 03.07.2026
Britaniyalik siyosatchilar «Masha va Ayiq» multfilmini taqiqlashga chaqirdi
10:05 / 03.07.2026
Rossiya Ukraina shaharlariga yangi hujumlar uyushtirdi
09:55 / 03.07.2026