Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Elektromobil egalariga ehtimoliy subsidiya miqdori ma’lum bo‘ldi
Jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan qaror loyihasidan kelib chiqilsa, quvvatlash stansiyasidan foydalangan haydovchilarga har bir kWh uchun hozirgi tarifda 700 so‘mdan subsidiya to‘lanishi mumkin. Subsidiya keyingi oyning 25-sanasigacha “Soliq” ilovasi orqali to‘lab beriladi. Quvvatlash stansiyalariga davlat tomonidan tok yetkazib berish narxi oshirilganida, subsidiya miqdori ham oshib boradi.
Foto: Kun.uz
Energetika vazirligi elektromobillarni quvvatlash stansiyalari mijozlariga subsidiya to‘lashga oid qaror loyihasini jamoatchilik muhokamasiga qo‘ydi.
Prezident farmoni bilan tasdiqlangan 2026 yilgi davlat dasturiga ko‘ra, 2026 yil 1 maydan boshlab elektromobillarni quvvatlash stansiyalarida 1 kWh elektr energiyasi narxining 300 so‘mdan oshgan qismi davlat budjetidan qoplab berilishi ko‘zda tutilgan.
Lekin bu boradagi tartibni belgilovchi qaror loyihasi 2 mayga kelibgina muhokamaga qo‘yildi.
Loyihaga ko‘ra, subsidiya miqdori – “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning Energosavdo korxonasi tomonidan elektromobillarni quvvatlash stansiyalariga sotiladigan har bir kWh elektr energiyasi uchun belgilangan narxning 300 so‘mdan oshgan qismiga teng bo‘ladi.
Hozirda yuridik shaxslar uchun 1 kWh elektr energiyasi tarifi – 1000 so‘m. Shunga ko‘ra, subsidiya miqdori joriy tarifning 300 so‘mdan oshgan qismi miqdorida, ya’ni 700 so‘mni tashkil etadi. Agar HETK tomonidan quvvatlash stansiyalariga sotiladigan elektr energiyasi narxi ko‘tarilsa, subsidiya miqdori ham shunga mos ravishda ko‘tariladi.
Subsidiya “Soliq” ilovasi orqali keyingi oyning 25-sanasiga qadar to‘lab berilishi nazarda tutilgan.
Mazkur tartib 2026 yil 1 maydan boshlanib, 2030 yil 30 dekabrgacha amal qilishi rejalashtirilmoqda.
Mavzuga oid
22:31 / 05.05.2026
Mart oyida 2,7 mlrd kub gaz qazib olindi. Bu o‘tgan yilning mos davridagidan 30 foizga kam
14:11 / 02.05.2026
Energetika vaziri blogerga qarshi: tomonlar nima deydi?
14:02 / 30.04.2026
Energiyani tejash maqsadida gaz va svet iste’moliga cheklov kiritish taqiqlandi
22:25 / 28.04.2026