Asilbek Anvarovich Xudoyorov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri lavozimidan ozod etildi. U vazirlikni 2024 yil yanvar oyidan buyon boshqarib kelayotgan edi.
Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Xudoyorov o‘rniga Eldor Erkinovich Odilov O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri etib tayinlangan.
Odilov bunga qadar Prezident administratsiyasi Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamenti sho‘ba mudiri lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Xabarda aytilishicha, vazirlikka uning nomzodini avvalroq Qonunchilik palatasi deputatlari ma’qullagan.











