Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Real» muxlislari Mbappening ketishi uchun deyarli 1,5 mln imzo to‘pladi
Ular fransuz hujumchisining ketishini zarur o‘zgarishlarga bog‘lamoqda.
«Real» muxlislari petitsiyani yaratib, unda fransiyalik hujumchi Kilian Mbappening Madrid klubini tark etishini talab qilmoqda. Ushbu xabar yozilgan paytda uni qariyb 1,5 mln kishi imzolagan.
«Real» muxlislari, fikr bildiring! Agar o‘zgarishlar zarur deb hisoblasangiz, jim turmang - ushbu petitsiyani imzolang va klub va uning kelajagi uchun eng yaxshi deb hisoblagan narsangizni himoya qiling», deyiladi matnda.
Avvalroq jurnalist Fransua Gallardo Mbappening onasi Fayza Lamari «Real» prezidenti Florentino Peresga ultimatum qo‘yib, jamoadoshi Vinisius Juniorning ketishini talab qilmoqchi ekani haqida xabar bergan edi. Qayd etilishicha, Mbappe «Vinisius va klubning boshqa futbolchilari tomonidan o‘ziga xiyonat qilinganini his qilmoqda».
Fransuz futbolchisi 2024 yildan buyon «Real» safida to‘p tepyapti. Joriy mavsumda 27 yoshli Mbappe klub safida 41 ta o‘yinda 41 ta gol urdi.
«Real» bu mavsumda chempionlikni boy berish arafasida turibdi. Asosiy raqib «Barselona» keyingi 4 o‘yinda 2 ochko jamg‘arsa Ispaniya chempioni bo‘ladi. Shuningdek, madridliklar Ispaniya Kubogi va Chempionlar Ligasida ham muvaffaqiyatsiz ishtirok etdi.
Mavzuga oid
10:45 / 05.07.2026
JCh kundaligi. Paragvay Fransiyani qiynadi, Marokash Kanadani jazoladi
12:18 / 01.07.2026
JCh kundaligi. Mbappe Messini ta’qib qilmoqda
16:25 / 30.06.2026
JCh-2026 anonsi. Mbappe va Holand pley-offda start oladi
12:13 / 23.06.2026