O‘zbekiston | 20:30 / 05.05.2026
6546
2 daqiqa o‘qiladi

Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosarlari ham almashdi

SSV o‘rinbosarlari Alisher Boboyev, Elmira Bositxonova va Farhodjon Toshpo‘latov lavozimini tark etdi.

Sog‘liqni saqlash vaziri Asilbek Anvarovich Xudoyorov ortidan uning uch nafar o‘rinbosari ham ishdan ketdi.

Prezident matbuot xizmati xabar berishicha, Alisher Shukrullayevich Boboyev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri birinchi o‘rinbosari lavozimidan;

Elmira Irkinovna Bositxonova boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari lavozimidan;

Farhodjon Muhammadjonovich Toshpo‘latov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.

Vazirlikning oldingi rahbariyatidan birgina birgina Olim Murodullayevich Omonov vazir o‘rinbosari sifatidagi lavozimini saqlab qolgan. 

O‘z navbatida, vazirlikka besh nafar yangi o‘rinbosar tayinlangan.

Xususan, Alisher Boboyev o‘rniga Otabek Sunnatovich Imomov vazirning birinchi o‘rinbosariga aylandi.

Bundan tashqari:

Jaloliddin Sharofutdinovich Asamutdinov – komplayens va ichki antikorrupsion nazorat bo‘yicha vazir o‘rinbosari;

Adxam Yusupovich Xudaykulov – vazir o‘rinbosari;

Sherzod Dilmuratovich Muhamedov – vazir o‘rinbosari;

Ilhomjon O‘rinboy o‘g‘li Umurzaqov – vazir o‘rinbosari (u bunga qadar iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari – Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish departamenti direktori lavozimida ishlagan).

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid