Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda mikroavtobusda 58 nafar bolani tashiyotgan haydovchi aniqlandi
Haydovchi 8 o‘rindiqli transport vositasida 58 bolani bog‘chaga tashigan.
Andijon viloyati Izboskan tumanida 58 nafar bolani 8 o‘rindiqli mikroavtobusda olib ketayotgan haydovchi ushlandi. Unga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
Viloyat IIBga ko‘ra, 6 may kuni O‘rta qishloq mahallasi Mumtoz ko‘chasida haydovchi Q.Z. King Long rusumli mikroavtobusda davlat-xususiy sheriklik asosidagi «Xadichabegim» bog‘chasining 58 nafar tarbiyalanuvchisini olib ketayotgan vaqtda to‘xtatilgan.
Haydovchiga nisbatan odam tashish qoidasini buzganligi uchun ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, haydovchi va bog‘cha rahbariyati bilan profilaktik tushuntirish ishlari olib borildi, deyiladi xabarda.
IIV Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatiga ko‘ra, respublika bo‘ylab 1−8 may kunlari o‘tkazilgan reyd tadbirlarida bolalarni transportda me’yordan ortiq tashish bilan bog‘liq 125 ta qoidabuzarlik aniqlangan.
Eslatib o‘tamiz, 5 may kuni Navoiy viloyati Nurota tumanida 13 nafar bog‘cha bolasi va o‘zining 3 oylik chaqalog‘ini Matiz'da olib ketayotgan bog‘cha mudirasi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida avtomobil ag‘darilib ketgan, oqibatda haydovchi halok bo‘lib, bolalar jabrlangan, ulardan biri komaga tushib qolgan edi.
Mavzuga oid
10:44 / 07.07.2026
Buvi va nabiraning fojiali o‘limi: Andijondagi YTH qasddan odam o‘ldirish deya malakalanishi kerak
10:20 / 03.07.2026
Andijonda davlat zaxirasidagi yerni 160 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan fuqaro ushlandi
21:35 / 01.07.2026
“Hatto igna sanchib qiynashgan”: Toshkentdagi bog‘chada nimalar sodir bo‘ldi?
10:00 / 01.07.2026